"Islomiy davlat" va vahobiylik orasidagi farq va o'xshashliklar nimada?

  • Amerika Ovozi

Saudiya Arabistonida yashaydigan odam uchun vahobiylik islomning eng sof shaklini anglatadi. Musulmonlar islomni tinchik, birodarlik, bag’rikenglik va sahovat dini sifatida ko'rsatadi. Boshqalar fikricha esa, ekstremistlarning aksariyati - vahobiylar.

Vahobiylik turli odamlar uchun turli ma’noni anglatadi. Ayrimlar bu tushuncha bilan hatto tanish ham emas. Saudiya Arabistonida ko’plar, shu jumladan, siyosatchi, talaba, tahlilchi, faol va olimlar hamda tadbirkor va ayollar o'zlarining vahobbiy deb ta’riflanishi haqida bundan 10 yil oldin eshita boshlaganlarini aytadi.

Jurnalist Xolid Almayna “Saudi Gazette” gazetasining sobiq muharriri.

“Saudiya Arabistonida milliy din yo’q, dinimiz - islom. Bizning dinimizni noto’g’ri talqin qilishadi. Konservativ qarashlarga ega ulamolar bor, albatta. Ularning gaplarini eshitsangiz, “Islomiy davlat” rasmiylari bayonotlariga o’xshaydi. Biroq bu hukumat bayonotlari emas”, - deydi u.

Jurnalist aytayotgan konservativ qarashlarga ega ulamolarning ayrim fikrlari “Islomiy davlat” va boshqa ekstremist guruhlarniki bilan hamohang, ayniqsa, ayollar huquqlari, tuhmat, jinoyat uchun jazo kabi masalalarga kelganda.

Saudiyada ayollardan ko’plab ishlarni amalga oshirishda erkak oila a'zosi roziligini olishi talab qilinadi. Boshqa dinni qabul qilish uchun mamlakatda o’im jazosi belgilangan. O’lim jazosi deganda kallani kesish nazarda tutiladi.

Bu yerda diniy erkinlik tan olinmaydil; musulmon bo’lmaganlar o’z diniga boshqalar ko’zi oldida amal qilishi taqiqlangan.

Biroq “Islomiy davlat” nasroniylar, shialar va ayrim boshqa diniy ozchilik guruhlarni ochiqchasiga qatl qilmoqda. Saudiya Arabistonida bunday emas.

Saudiyalik olimlar bilan gaplashsangiz, shariat asosida amal qiladigan davlatdagi vaziyatni ekstremistlar harakatli bilan qiyoslash noto’g’ri deydi, chunki ekstremistlar ular mafkurasini qabul qilmagan har bir odamni, shu jumladan, saudiyaliklarni ham o’ldirish, zo’rlash yoki qulga aylantirishga odatlangan.

“Saudiya muftiylari va diniy rahbarlar “Islomiy davlat”ning harakatlarini qoralab, islomga zid ekanini ta’kidlab keladi. O’sha ekstremistlar harakatlari, xulqi va g’oyalarini biz qoralaymiz”, - deydi Jiddadagi Ko’rfaz markazi raisi Abdulaziz Sager.

Saudiya Arabistoni va “Islomiy davlat” mafkurasi XVIII asr ulamosi shayx Muhammad Bin Abdul Vahob qarashlariga asoslangan. Saudiyaliklar fikricha, ekstremistlar Abdul Vahob mafkurasini qabul qilmagan, balki uni o’zgartirgan.

“Vahobiylik G’arbda so’nggi paytlarda o’rganila boshlandi. Bunga esa o’zini vahhobiy deb ataydigan ekstremist guruhlarning ko’payishi turtki berdi - deydi Jiddadagi Qirol Abdulaziz nomli universitet professori Ali Umar Badhadah. - Natijada matbuot ayrim konservatorlar barobarida vahobiylikni ham terrorchilar mafkurasi deya talqin qila boshladi”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG