Saudiya Arabistonida yangi vazir va vorislar

  • Amerika Ovozi

 Muhammad bin Salmon (o'rtada)

Muhammad bin Salmon (o'rtada)

Taxtga o'tirganidan bir necha hafta o’tib Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz hukumat tarkibiga o’zgartirishlar kiritdi, yosh avlod vakillarini voris shahzodalar deb e’lon qildi va ko’p yillar Tashqi ishlar vaziri bo’lib xizmat qilgan Saud al-Faysalni ishdan olib, boshqasini tayinladi.

Arab dunyosida jiddiy o’zgarishlar davom etar ekan, al-Saud sulolasi kelajagi savol ostida.

Qirol Salmon taxt vorisi, mamlakat asoschisi Abdul Aziz ibn Saudning eng kenja o’g’illaridan biri shahzoda Muqrin o’rniga shahzoda Muhammad ibn Nayifni tayinladi. Qirol Salmon, shuningdek, o’z o’g’li Muhammad ibn Salmonni voris muovini deb e’lon qildi.

Heyl universiteti professori Muhammad ibn Nayif Saudiya davlat televideniyesiga bergan intervyusida qirol Salmon jiddiy mintaqaviy o’zgarishlar davrida hukumatga oid bunday qarorlar qabul qilishga majbur, deb aytdi.

“Qirol Salmon Saudiya Arabistonini murakkab davrda boshqarmoqda, mamlakat barcha jabhalarda o’zgarishlarga duch kelyapti, shu jumladan Eronning arab mamlakatlari ishlariga aralashishi hollari ko’paygan, Eron Suriya va Yamanga o’z inqilobini eksport qilishga urinmoqda”, - dedi shahzoda.

U “Islomiy davlat” guruhi ham jiddiy mafkuraviy tahdid ekanini aytib o’tdi.

Bayrutdagi Amerika universiteti professori, siyosatshunos Hilol Xashan fikricha, Yamandagi mojaro qirollik uchun katta bosh’og’riqqa aylangan.

"Voris shahzoda hukumatda ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan, qirol o’g’li esa – bundan buyon voris muovini hamda mudofaa vaziri. Saudiya Arabistoni Yamanda nihoyatda jiddiy vaziyat bilan to’qnashmoqda. Saudlar havodan hujumlarni boshlagan, ammo bu ishning siyosiy yakunini ko’rish qiyin. Kampaniyani eng ko’p tanqid qilayotgan arboblar – Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon va qirollikning Vashingtondagi elchisi bo’lib ishlagan Abdul Jubeyr. U tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi”.

Jorjtaun universiteti professori Pol Sallivan “Amerika Ovozi”ga qirol Abdulla o'limidan keyin yangi qirol Salmon muhim lavozimlarga o’ziga sodiq odamlarni tayinlayotganini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG