Arnold Shvarsenegger uchun ona qishlog'ida haykal

  • Amerika Ovozi

Arnold Shvarsenegger uchun ona qishlog'ida haykal

Arnold Shvarsenegger uchun ona qishlog'ida haykal

Avstriyaning Tal degan kichik bir qishlog’i o’zining Amerikadagi o’g’loni bilan faxrlanib yashaydi. Arnold Shvarsenegger (Schwarzenegger) - haqiqiy qahramon, deya ta'riflanadi.

Bugun uning sharafiga ona qishlog’ida katta haykal qad ko’tardi. Bronzadan ishlangan bu san’at asari Shvarsenegger muzeyining bir qismi. Bu dargoh sportchi, aktyor va siyosatchining bolaligidan shu davrga erishgan yutuqlarini namoyish etadi.

Arnold Svarsenegger o'g'li Patrik bilan ona qishlog'ida. Tal, Avstriya, 8-oktabr 2011

Arnold Svarsenegger o'g'li Patrik bilan ona qishlog'ida. Tal, Avstriya, 8-oktabr 2011

“Inson istasa va harakat qilsa, maqsadiga yetadi”,- dedi Shvarsenegger bugun haykalni ochish marosimida so’zlar ekan.

Gollivud yulduzi 2003 yildan 2011 yilgacha, sakkiz yil davomida, Amerikaning aholisi jihatidan eng yirik shtati Kaliforniyani boshqardi.

Kaliforniya iqtisod bobida butun boshli davlatlarni dog’da qoldiradi, bu boradagi hajmi bilan jahonda sakkizinchi o’rinda turadi.

Uzoq yillardan beri AQSh fuqarosi bo’lgan Shvarsenegger – respublikachi. Tarafdorlari nazarida u prezidentlikka ham harakat qilsa bo’lar edi, lekin Amerikada tug’ilmagani bois bunga haqqi yo’q.

"Mening shaxsiy yutuqlarim millionlab dollar topganim yoki yangiliklarda tez-tez chiqib turishim yoki Barak Obama va boshqa dunyo rahbarlari yelkamga urib qo'yishi bilan bog'liq emas. Shaxsiy muvaffaqiyatim - qat'iylik, qattiq mehnat va tirishqoqlik natijasidir",- dedi Shvarsenegger bugun o'z qishlog'ida so'zlar ekan.

"Bu muzey, men uchun muzey emas, timsol. Har bir inson oldida imkoniyatlar borligi va ulardan to'g'ri foydalanilsa, maqsadga erishish mumkinligini isbotlovchi dalil".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG