Breaking News

Olimlar iqlim kelajagi uchun kurashga shay


"Visions in Motion," artwork made of 30,000 ribbons with written wishes and messages, is installed at Brandenburg Gate in Berlin, Germany.
"Visions in Motion," artwork made of 30,000 ribbons with written wishes and messages, is installed at Brandenburg Gate in Berlin, Germany.

Amerikada olimlar iqlim kelajagiga e'tibor qaratishga urinmoqda. Yangi prezident, deydi ular, aniq fanlarga befarq va tadqiqotchilar berayotgan ma'lumotlarga ko'z yummoqda.

Amerika Geofiziklari Ittifoqi 60 ming a'zoga ega. Bu organ yer, samo va butun borliqni o'rganuvchi mutaxassislarning professional tashkilotidir.

Prezident Donald Tramp yer yuzida harorat ko'tarilib borayotganini tahdid deb bilmaydi. Uning ma'muriyati Barak Obama prezidentligi davrida tatbiq etila boshlagan choralarni bekor qilishga bel bog'lagan.

Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha agentlikda ulkan o'zgarishlar bo'ladi, shuningdek, Qishloq xo'jaligi vazirligida ham ko'plab dasturlar to'xtatiladi, deydi rasmiylar.

Olimlar va yetakchi mutaxassislar bunga qarshi. Tabiat va inson manfaatlari yo'lida olib borilayotgan loyihalarni bekor qilish aqlsizlik, deydi keng ko'lamli norozilik harakati boshlayotgan ekspertlar.

Amerika Ilmiy Uyushmasi ham bu tashabbusga qo'shilib, Tramp siyosatiga qarshi turishga qaror qilgan.

Iqlimdagi o'zgarishlar insoniyat hayotiga qattiq ta'sir qilishi mumkinligi haqida yetarli asos bor ekan, siyosatchilar agar ilm ahliga ishonmasa, kimga ishonadi, deya so'raydi Kim Kobb, nufuzli iqlimshunos olima.

U singari mutaxassislar Amerika hukumatini kurrai zaminni xavf ostiga qo'yuvchi qadamlar tashlamaslikka ko'ndirmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG