Breaking News

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a'zolari Toshkentda anjumanga yig'ilgan


“Tashkilotda faqat Xitoy kuchi, Rossiya kuchi bo`lishi mumkin, qolganlar
esa faqat qarmoqda. Mintaqa davlatlari o`zaro hamkorlikni
kuchaytirishi kerak”, - deydi tahlilchi Iskandar Xudayberganov.
“Tashkilotda faqat Xitoy kuchi, Rossiya kuchi bo`lishi mumkin, qolganlar esa faqat qarmoqda. Mintaqa davlatlari o`zaro hamkorlikni kuchaytirishi kerak”, - deydi tahlilchi Iskandar Xudayberganov.

Toshkentga safar qilayotgan Xitoy rahbari Xu Tzintao va mezbon prezident Islom Karimov hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilgan.

Poytaxtda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining ikki kunlik majlisi o’z ishini boshlamoqda.

Kun tartibidagi asosiy mavzu - regional xavfsizlik.

Xitoyning Markaziy Osiyodagi roli va Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy ziddiyatlarni yechishda olg’a surgan tashabbuslari haqida fikrlar turlicha.

Xitoyning mintaqaga ta’siri oshar ekan, “bundan bizga nima foyda?” deb so’rayotganlar ko’p.

Karimov Xitoyni ishonchli hamkor deb tilga oladi. Bu mamlakatning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritayotgan sarmoyasi salmoqli. Savdo rishtalari mustahkam, deydi rasmiylar.

Markaziy Osiyo va Xitoy orasidan bugun yirik gaz quvuri o’tgan.

Karimov-Tzintao muzokaralarida energetik hamkorlikni yaxshilash haqida so’z ketgan. Xitoyning bir necha kompaniyasi O`zbekistonda neft va gaz zaxiralarini qidirish va ishlov berish loyihalarini olib boradi.

Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuriga O`zbekiston asosan tranzit mamlakat sifatida qo`shilgan. Shunday ekan, O`zbekiston energetik boyliklarini Xitoyga bevosita eksport qilish masalasi ko’rib chiqilmoqda.

Xavfsizlik Xitoy va O’zbekiston munosabatlarida yuqori o’rinda turadi.

Karimov ma’muriyati Xitoyning uyg’urlarga nisbatan siyosatini qo'llab-quvvatlaydi, ya’ni ular nazarida uyg’ur ozodlik harakati a’zolari – separatist, terrorchi kuchlar.

Yaqin yillarda bu borada hamkorlik sifatida uyg’ur faollaridan biri, Kanada fuqarosi Husayn Jalilning O’zbekistonda ushlanib, Xitoyga topshirilganini misol keltirish mumkin.

“1989 yilda Xitoyda talabalar harakati qanday bostirilganini olaylik. AQSh bunga qattiq qarshilik qilgan, norozilik bildirgan. Biroq Xitoy ichki ishimiz deb turib olgan, hatto bilishimcha, biror sanksiyalar qo`llanilishiga ham yo`l qo`ymagan. Shuning uchun ham hozir uyg`urlar ozodligi masalasida biror pozitsiya bildirishimiz qiyin. Bildirsak ham bu faqat ziyon qiladi”, - deydi sharhlovchi Farxod Tolipov O’zbekiston siyosatini izohlar ekan.

Xitoy, Rossiya va mintaqa davlatlarini birlashtirgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga bu yil O`zbekiston raislik qilmoqda.

“Tashkilotda faqat Xitoy kuchi, Rossiya kuchi bo`lishi mumkin, qolganlar esa faqat qarmoqda. Mintaqa davlatlari o`zaro hamkorlikni kuchaytirishi kerak”, - deydi tahlilchi Iskandar Xudoyberganov.

Bu tashkilot doirasida qabul qilinayotgan qarorlarda inson huquqlari masalasi chetga surib kelinadi, deydi mahalliy huquq faollaridan biri Abdulla Tojiboy o’g’li.

Toshkentda 10-12 iyun kunlari o’tadigan yig’in oldidan namoyishga chiqqan huquq himoyachisi Yelena Urlayeva kaltaklab ketilgan. Uni urgan odamlar Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimlari degan taxmin bor.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG