Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida nimalar muhokamada?


Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Hindiston va Pokiston tashkilotga to'laqonli a'zo bo'lib kirishi anjumandagi asosiy mavzulardan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Hindiston va Pokiston tashkilotga to'laqonli a'zo bo'lib kirishi anjumandagi asosiy mavzulardan.

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitining dastlabki ish kunida prezidentlar o’rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tgan.

Xitoy rahbari Si Zinpin bilan avvalroq muzokara qilgan Prezident Islom Karimov so’ng Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston rahbari Qurbonguli Berdimuhammedov bilan ko’rishdi.

Aloqalari ancha tarang qolayotgan Karimov va Rahmon rishtalarni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish haqida gaplashgan.

Rahmon bu uchrashuvni hamkorlikning buguni va istiqbolini muhokama qilish uchun qulay imkoniyat sifatida baholab, Karimovni Tojikistonga rasmiy tashrif bilan taklif qilgan.

Sammitga faxriy mehmon sifatida kelgan Berdimuhammedov bilan uchrashuvda Karimov ikki davlat o'rtasida ishonchli va do'stona aloqalar rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Taklif uchun rahmat aytgan Berdimuhammedov Turkmaniston O'zbekiston bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidlagan.

23-iyun kuni Toshkentdagi Forumlar saroyida ish boshlagan Shanxay sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg'iziston rahbari Almazbek Atambayev, Xitoy raisi Si Zinpin, shuningdek, tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston Prezidenti Mamnun Husayn, Mo'g'uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj ishtirok etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ShHT prezidentlari Hindiston va Pokistonni tashkilot a'zoligiga qabul qilish jarayonini muhokama qiladi, bu davlatlarning to'laqonli a'zoligini rasmiylashtirish ShHTning keyingi sammitida tugal hal qilinadi.

Toshkentdagi sammitda BMT Bosh kotibi o'rinbosari Jeffri Feltman ham ishtirok etmoqda. Sammit 24-iyun kuni ishini davom ettiradi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG