Britaniyada shov-shuv ko’targan jurnalistning jasadi topildi

  • Amerika Ovozi

Britaniyada shov-shuv ko’targan jurnalistning jasadi topildi

Britaniyada shov-shuv ko’targan jurnalistning jasadi topildi

London politsiyasining bildirishicha, “News of the World” gazetasiga doir mashmashani birinchi bo’lib fosh etgan jurnalist Shon Xoar o’lgan. Uning jasadi uyidan topilgan.

Xoar, “News of the World” gazetasi sobiq xodimi, fuqarolarning telefon so’zlashuvlari va SMSlarni hufiyona kuzatib borganini hammadan oldin ommaga e’lon qilgan edi.

U muharrir Endi Koulson zimdan kuzatuvga ijozat bergani, hatto qo’llab-quvvatlaganini aytgan edi.

Shon Hoar, "The news of the world" gazetasi sobiq muxbiri

Shon Hoar, "The news of the world" gazetasi sobiq muxbiri

Bu ishga politsiya ham aralashgani, ya’ni gazeta huquq-tartibot xodimlariga pora berib, kuzatuv texnologiyasini xarid qilgani taxmin qilinar ekan, avvalroq Bosh vazir Deyvid Kameronning qo’lida ishlagan Koulson va nashr boshida turgan Rebekka Bruks hisbga olindi va tovon to'lab ozodlikka chiqdi.

London politsiyasi rahbari Pol Stivenson va uning muovini Jon Yeyts shu zahoti ishdan bo’shagan.

“News of the World” nashri sohibi, mediamagnat Rupert Merdok, uning o’g’li Jeyms va Bruks seshanba kuni Britaniya parlamentida so’roqqa tutilishi kutilmoqda.

Taxminlarga qaraganda, gazeta taniqli shaxslar, yulduzlaru siyosatdonlar, jurnalistlarning telefon muloqotlarini eshitib borgan, hatto marhumlarning SMSlarini o’g’irlagan.

Gap, shuningdek, AQShda 2001 yil 11 sentabr xurujida o’lganlar haqida ketmoqda. Janjal ko’tarilgach, Merdok o’tgan hafta nashrni yopgan.

Rupert Merdok

Rupert Merdok

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron tobora avj olib borayotgan mashmashani hal qilish maqsadida Afrika bo’ylab safaridan erta qaytdi.

Amerika Federal Qidiruv Byurosi alohida tergov boshlagan.

Rupert Merdok Amerikada “The Wall Street Journal” va “Fox News Channel” kabi nashr va telekanallarga egalik qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG