Nomaqbul siyosat radikalizmga yetaklaydi, deydi AQSh rasmiysi

  • Amerika Ovozi

Sara Syuval, AQSh Davlat kotibining Fuqaro xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo'yicha muovini

Sara Syuval, AQSh Davlat kotibining Fuqaro xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo'yicha muovini

AQSh Davlat kotibining Fuqaro xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo'yicha muovini Sara Syuval (Sarah Sewall) Qozog'istonga safar qilib, ekstremizmga qarshi kurash va terroristlarning mintaqadagi faoliyati xususida gaplashdi.

Joriy yilning iyun oyida Ostonada bu mavzuda xalqaro anjuman o'tgan edi.

Uchrashuvlardan keyin matbuotga so'zlar ekan, Syuval xonim jumladan shunday dedi:

"Muammo ortidagi omillardan biri - hukumatning xatti-harakati. Korrupsiya, adolatsizlik, hukumat va fuqaro orasidagi ishonshsizlik ekstremistlarga qo'l keladi. Qamoqxonalarda oddiy jinoyatlar uchun o'tirganlar qonli mafkura bilan tanishadi. Hukumatlar terroristlarni qiynoqqa solib, ularning huquqlarini poymol etib, boshqalarning ham terroristlarga qo'shilishiga sabab bo'ladi. Radikal qarashdagilar qo'liga qurol oladi".

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham davlat terrorizmni bahona qilib, fuqarolarni ezishi adolatdan emas, deb keladi. Syuval deydiki, Qozog'iston rasmiylari bilan muloqotda jamiyatdagi tub muammolar, xususan inson huquqlarining poymol etilishi haqida ham gap ketgan.

"Terroristlar va radikal oqimlarga qo'shilayotganlar shaxs sifatida boshqalardan ajralib qolgan, mahalla-ko'ydan uzoqlashgan insonlar. Ular o'zligini bilmaydi, maqsadi yo'q. Shu bois yoshlarni bunday to'dalardan asrashda jamoatchilik, o'qituvchilar, ilm ahlining roli beqiyos. Erkin matbuot ham juda zarur. Terroristik tashviqotga qarshi shu vositalar orqali kurashish mumkin".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG