Jinsiy tajovuz va boshqa mudhish jinoyatlar

  • AQSh maqola

A mass rape victim comforts her son in the town of Fizi, Democratic Republic of Congo, February 20, 2011

A mass rape victim comforts her son in the town of Fizi, Democratic Republic of Congo, February 20, 2011

Qo’shma Shtatlar Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Liviyada jinsiy tajovuz va boshqa mudhish jinoyatlar sodir etilmoqda.

“Xalqaro jinoiy sud Liviyada ommaviy zo’rlash hollari to’g’risida isbot-dalillarga ega”, - deydi Klinton.

Liviya

Liviya

Sud prokurori Luis Moreno-Okamponing bildirishicha, rahbar Muammar Qaddafiy rejimga qarshi chiqqan xotin-qizlarni zo’rlab jazolashga ko’rsatma bergan bo’lishi mumkin.

“Qaddafiyga sodiq xavfsizlik kuchlari va boshqa guruhlar bundan qurol sifatida foydalanishga, shu orqali xalqning ruhi va birdamligini parchalashga harakat qilmoqda”, - deya ta’kidladi Amerika tashqi ishlar vazirasi.

Kongo Demokratik Respublikasi

Kongo Demokratik Respublikasi

Xotin-qizlarga nisbatan tajovuz, afsuski, dunyoning qaynoq nuqtalarida keng tarqalgan. So’nggi yillarda uning sur’ati yanada oshganday. Zo’ravonlikning bu turi, masalan, 1990-yillar boshida Bolqonda “etnik qirg’in” siyosatining bir qismi bo’lgan.

Bugungi kunda bunday vahshiyona harakatlar Kongo Demokratik Respublikasida ham davom etmoqda.

Klintonning aytishicha, “buning ta’siri bir shaxs, bir oila yoki bir jamiyat bilan cheklanmaydi, balki butun jahon miqyosida qoralanishi shart”.

Xillari Klinton

Xillari Klinton

Shunga qaramasdan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida qiynoq va repressiyalar yangicha tus olayotgani ko’zga tashlanadi. Fikrini ochiq bayon qilgan va siyosatni savolga tutgan mard xotin-qizlar nishonda.

Xillari Klinton demokratik islohot talabi bilan ko’chaga chiqqan namoyishchilarni jilovlash, qo’rqitish va jazolash uchun jinsiy tajovuz keng qo’llanayotganini qayd etadi. Ayrim davlatlarda hatto “bokiralik tekshiruvlari” o’tkazilgani haqida xabarlar bor.

“Bu erkinlikka talpinayotgan barcha xalqlar uchun haqorat, inson qadr-qimmatini toptash demakdir. AQSh mintaqa hukumatlarini darhol tergov boshlab, vahshiy jinoyatlar ortida turgan shaxslarni javobgarlikka tortishga chaqiradi”, - deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton.

XS
SM
MD
LG