Breaking News

AQSh Kongressi atrofida otishma

3-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 14:30 larda Amerika poytaxtida, qonunchilik organi Kongress joylashgan Kapitoliy atrofida o'q ovozlari eshitila boshladi. Aniqlanishicha, bir avtomobil Oq uy oldida, Pensilvaniya ko'chasida qo'yilgan to'siqlarni buzib o'tishga uringan, keyin esa Kapitoliy tomonga yo'nalgan. Kapitoliy bu ko'chaning narigi tomonida. Politsiya uni quvgan, otishma boshlangan. Mashina Kongress yaqinida tutilgan. Bir zobit jarohatlangan. Haydovchiga o'q tekkan va o'lgan. U ayol kishi, oldida 1 yoshli qizi bo'lgan. Voqea terrorizm ekani haqida biror isbot-dalil yo'q, deya bildiradi politsiya.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG