Buyuk Ipak Yo'li xalqlari AQShga o'z madaniyatini ko'z-ko'z qildi


O'zbekistonlik xonandalar Gulzoda Xudoynazarova, Hulkar Abdullayeva

O'zbekistonlik xonandalar Gulzoda Xudoynazarova, Hulkar Abdullayeva

Kuy, san’at xalqlarni yaqinroq qiladi, kayfiyatni ko’taradi. Yaqinda Amerika ahli shunga yana bir bor amin bo’ldi.

Sahnada Qirg’izistonning “Ak-Maral” ansambli. Uning ijodiy rahbari Melisbek Asilbashev amerikalik tomoshabin maza qilayapti, deydi.

“Birinchi bergan savollari Qirg’iziston qayerda? Tushuntirasiz. O’zi xalq musiqasi odamni davolaydi, tinchlantiradi. Hammamiz osuda yashashimiz mumkin. Ayniqsa, kuy, qo’shiq va san’at o’rtamizda ko’prik vazifasini o’tasa”, - deydi taniqli jamoa rahbari.

“Ak-Maral” ansambli Texasning Xyuston shahrida Ipak yo’li festivalida ishtirok etgan o’nlab jamoalardan. Oktabrda o’tgan to’rt kunlik bayram ham Amerika, ham qadim savdo yo’liga kirgan elatlar uchun bir-birini yaqinroq tanish imkonini berdi.

Turkmanistonlik yosh olim Botir Odeyev qayerga borsa ham qo’lida turkman dutori.

"Elimni kuylayman",- deydi u.

Enes Bashkan Turkiyadan. Shisha bilan ishlaydi.

Raqsga tushayotgan so'fini yasab beraman, deya taklif qiladi u. To’rtburchak shishani qirt-qirt kesib, 10-15 daqiqada ish bitdi.

Hunarmand bilan xayrlashib, sho’x musiqa sadolari kelayotgan sahna tomon yuramiz.

Ozarbayjon milliy raqs dastasi… Qozog’istonlik san’atkorlar… O’zbekiston xonandayu sozandalari.



Bu jamoalar AQShda to'rt-besh kun bo'lib, so'ng vataniga qaytdi. Lekin texasliklar ularni hali uzoq vaqt eslab yurishi aniq.
XS
SM
MD
LG