Breaking News

Markaziy Osiyo bo'ylab sayohat, bir amerikalik taassurotlari


Judit Leytem (Judith Latham) Buxoro amiri taxtida, aprel 2012
Judit Leytem (Judith Latham) Buxoro amiri taxtida, aprel 2012

G’arbda Markaziy Osiyo mamlakatlari “stans”, ya’ni “istonlar” nomi bilan ham tanilgan. Qiziqish katta bo’lsa-da, amerikaliklar asosan Yevropa, Lotin Amerikasi va uzoq Osiyoga safar qilishni ma’qul ko’radi. Markaziy Osiyoga borish u yoqda tursin, bu mintaqa haqida biladiganlar ham ko’p emas. Lekin biladiganlar mintaqaning ashaddiy shinavandalari. Ulardan biri hozirda nafaqaga chiqqan jurnalist hamkasbimiz Judit Leytem (Judith Latham). Yaqinda xonim besh respublika bo’ylab sayohatda bo’ldi.

Markaziy Osiyo bo'ylab sayohat, Judith Latham bilan suhbat/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling


Judit Leytem – professional sayyoh. Har bir qit’a va yirik mintaqada, jami 70 dan ortiq mamlakatda bo’lgan. Tarix va madaniyat bu keksa jurnalistning jonu dili.

Bu jihatdan esa, deydi hurmatli hamkasbim, O’zbekiston va uning atrofidagi “istonlar”ga yetadigani yo’q.

"Yaxshi turistik firma topsangiz bas… Mintaqadagi sayyohlik bizneslari bilan ishlaydigani bo’lsin. Ular hammasini uyushtirib beradi. Safar arzon emas. Necha kunga va qayerlarga bormoqchiligingizga qarab, 5-10 ming dollarga tushadi. Sovg’a-salom bilan qaytmoqchi bo’lsangiz, undan-da qimmat”.

Lekin, deya eslatadi Judit Leytem, regiondan gilam va boshqa qimmatbaho mahsulotlar olib chiqish oson emas.

Eng mashaqqatlisi – respublikalar bir-biriga yaxshi ulanmagani. Chegaradan o’tish – azob. Chemodanni ko’tarib, uzoq yo’lni piyoda bosib o’tishga, soatlab kutishga majbursiz. Chegara va boj xizmati jarayonni yaxshi tushuntirmaydi, umuman sistema qanday ishlashini anglash qiyin. Sayyohlar uchun zarur ma’lumot berilmaydi, hatto hamma narsa turistik firmalar orqali tashkil etilgan bo’lsa ham.

Judit Leytem shu sabab yurtdoshlari va boshqa g’arbliklarni regionga borganda sabr-toqatli bo’lishga undaydi. Sayyohlik – sarguzasht, deydi u. Odam uzoq yurtga bordimi, dunyoqarash va yurakni keng qilishi kerak. O’zga madaniyat, mentalitet va tizimlarni tushunishga majbursiz.


Judit Leytem safarini Qozog’istondan boshladi. Turk havo yo’llari bilan Istanbul orqali Ostonaga bordi. Keyin Bishkekka yo’l oldi. Qirg’izistonni avtobusda tomosha qilgach, samolyotda Toshkentga yetdi. O’zbekistonni avtobusda kezdi. Asosiy nuqtalar – Samarqand, Buxoro va Xiva. So’ngra esa Turkmanistonga uchdi. Ashgabatni piyoda ko’rib chiqdi. Shuningdek, qadim Marvdagi obidalarni ko’zdan kechirdi. Keyin Tojikistonga bordi, xususan Xo’jand bilan tanishdi. Amerikaga Toshkent orqali qaytdi. Judit Leytem olti kishilik guruhda sayohat qildi.

“Yo’ldagi qiyinchiliklardan toliqqanimda o’tmishda sayohat qilish qanchalik og’ir bo’lgani, bu yurtlarni kimlar ot va tuyalarda kezgani, kimlar oylab, yillab azob-uqubatda safarlar qilgani, qanday buyuk ishlar amalga oshirilganu-yu bu azim zamin qancha-qancha qonli urushlarga guvoh bo’lgani haqida o’yladim. Sayohatning gashti aslida shunda… Markaziy Osiyo hamisha g’arbu sharqni bir-biriga bog’lab kelgan. Kimlar o’tmagan bu yerlardan…”, - deydi Judit Leytem.

“Qudam shifokor, Jons Xopkins Universiteti tibbiyot fakulteti dekani. “Meditsina so’zi, bilasiz, Abu Ali Ibn Sinoga borib taqaladi. Bu safar Buxorodan bu ulug’ insonning kichik haykalini olib keldim. Bu san’at namunasi endi Vashingtondagi mana shu yirik ilm dargohida turibdi”,- deya hikoya qiladi sayyoh.

Sayyoh asosan ikki o’zgarishni kuzatdi. Biri butun mintaqa bo’ylab qurilishlar va yangi yo’llar. Ular hamon bir-biriga yaxshi ulanmagan, ayniqsa, mamlakatlararo magistrallar, ammo avvalgiga qaraganda mashinada safar qilish osonlashgan.

Ikkinchi o’zgarish bu bozorlar kichraygani va avvalgi ko’rinishini yo’qotgani. Masalan, Ashgabatdagi katta bozor o’rnini bugun zamonaviy kompleks egallagan, deydi Judit Leytem. Yoyma rastalar, baqir-chaqir, savdolashish… Bularsiz sharq bozori bozormi, deya kuladi u. Buyuk Ipak Yo’lidagi savdo va tijorat kimlarni o’ziga tortmagan…

Keksa jurnalist mintaqada avval ham bo’lgan. Yillar davomida mehmonxonalar va sayyohlarga xizmat ko’rsatish uslubi yaxshilangani, mahalliy udum va madaniyatni saqlab qolgan holda, zamonaviy biznes usullari ham qo’llanayotganini ko’rdim, deydi Judit Leytem.

Muzeylar, ko’rgazma, obidalar va eng muhimi odamlar. Qayerga bormang, sizni tabassum bilan kutib olishadi.

“Ko’rgan sari yana ko’proq ko’rgingiz keladi”,- deydi Judit Leytem.







O'zbekistonning amerikalik shaydosi/Garrett Epps in Uzbekistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:25 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG