Yaqin kelajakda yo'llarda "idrokli" avtomashinalar yuradi

  • Amerika Ovozi

"Porsche 918 Spider" rusimidagi avtomobil Lon-Anjeles 2013 avtoshousida

"Porsche 918 Spider" rusimidagi avtomobil Lon-Anjeles 2013 avtoshousida

Hozirgi avtomobillar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. “Amerika Ovozi” Los-Anjeles avtoshousida bo’lib, yaqin kelajakda yo’llarda yuradigan “idrokli” avomashinalar bilan tanishdi.

BMW i3 avtomobili elektr tokida yuradi. Yengil uglerod tolalaridan yasalgan, xavfsiz boshqarish uchun eng zamonaviy elektronika bilan jihozlangan. Orqani ko’rsatuvchi kamera hamda parkovka paytida haydovchiga yordam beradigan, to’qnashuvdan saqlaydigan, yo’lakdan chiqib ketsangiz ogohlantirish beradigan sistemalari bor.

“Oyoqni gaz pedalidan olgan zahoti regeneratsion tormoz ishga tushadi. Mashina batareyasi yana quvvatga to’ladi,” - deydi BMW kompaniyasi vakili Tereza Moriarti.

Mana bu Kadillak esa gibrid. Ham benzin, ham elektr tokida ishlaydi. “General Motors” kompaniyasining eng so’nggi ixtirolari bu mashinada mujassam. Motorini uzoqdan turib yurgizish, ichki sistemalari qanday ishlayotganini hatto boshqa bir mamlakatdan kuzatish mumkin.

“Smartfon applikatsiyasi yordamida shinadagi bosimni, benzin va moy hajmini tekshirsa bo’ladi. Benzin yana qanchaga yetishini ham bilib olasiz,” - deydi kompaniya vakili Styuart Faul.

“Idrokli” avtomobillar qaysi zapravkada arzon benzin borligini o’zi aytadi. Sevgan qo’shig’laringizni tanlashda ham yordam beradi. Avtomobillar bir-biriga ma’lumot uzatish imkoniga ham ega, deydi shunday programma ustida ishlayotgan Deyvid Jampa.

“Deylik, yo’l muzlagani haqidagi ma’lumot bir avtomobildan boshqasiga uzatiladi”.

Yaqin kelajakda ana shunday imkoniyatlarga ega avtomobillar savdoga chiqariladi, deydi mutaxassis.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG