Somalilik muhojirlar qizlarni xatna qilishda davom etayapti

  • Amerika Ovozi

Bugun Afrikaning bir necha davlatida qizlarni xatna qilishga qarshi qonunlar va tashabbuslar bor. Shunga qaramay, qit’ada bu amaliyot hanuz keng tarqalgan va qiz-ayollar hanuz azobda yashamoqda.

Bugun Afrikaning bir necha davlatida qizlarni xatna qilishga qarshi qonunlar va tashabbuslar bor. Shunga qaramay, qit’ada bu amaliyot hanuz keng tarqalgan va qiz-ayollar hanuz azobda yashamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, 30 dan ziyod davlatda 200 million qiz va ayolning jinsiy a’zosi xatna qilingan. Somalida 15-49 yoshlar orasidagi xotin-qizlarning 98 foizida shu narsa kuzatilgan.

Qo’shma Shtatlarda bu ish man qilingan bo’lsa-da, ayrim jamoalar yashirincha qizlarni xatna qilishda davom etayapti. Minnesota shtatida somalilik qochoqlarning yirik jamoasi yashaydi va bu amaliyot keng tarqalgan.

Somalida xatna qilingan millionlab qizlarning aksariyati og’riq bilan yashashga majbur.

55 yoshli Fadumo Afi, yetti farzandning onasi, uzoq yillar avval uni sterillanmagan vosita bilan xatna qilishganini eslaydi.

“Dugonam bilan olti yoshlarda edik. Juda o’griqli bir amal edi, og’riq qoldiradigan dori berishmagan edi. Biz yashaydigan joylarda dori-darmon yo’q edi. Hatto hojatga chiqa olmay yurganimiz esimda”, - deydi ayol.

Fartun Veli ham xuddi shunday. U “Isuroon” nomli nodavlat tashkilotini qidirib topdi. Tashkilot qizlarni xatna qilish oqibatida yuzaga keladigan tibbiy muammolarni davolashda yordam beradi.

Veli qizlarni xatna qilishning eng og’ir usulini boshidan kechirdi. Uning jisniy a’zosi butunlay tikib tashlangan. Hanuz o’ziga kelolmaydi, tibbiy asoratlaridan qiynaladi.

“Asorati juda yomon. Jinsiy aloqa ham og’riqli. Shifokor ko’rigiga borganingizda ham turgan-bitgani og’riq”, - deydi u.

Qizlarni xatna qilishning islomga mutlaqo aloqasi yo’q, deydi Shayx Hasan Jo’miy. U imomlik qiladi, to’rt qizning otasi.

“Islom ulamolari bunday amaliyotni bir ovozdan qoralaydi. O’zim otaman. Biror qizimga shunday jabr ko’rsatgan emasman. Islomda aytilganki, odamga azob beradigan har qanday ish man qilingandir”.

Minneapolisda asoslangan Xennepin tibbiyot markazi ana shunday jarohatlarni davolaydi. Bu markazning hisoblashicha, somalilik ayollarning 99 foizi xatna qilishning eng og’ir ko’rinishini boshidan kechiradi.

Buning tibbiy asoratlari juda og’ir bo’lib, ayollar hatto jarrohlik amaliyotidan keyin ham o’ziga kelolmaydi. Bugun Afrikaning bir necha davlatida qizlarni xatna qilishga qarshi qonunlar va tashabbuslar bor. Shunga qaramay, qit’ada bu amaliyot hanuz keng tarqalgan va qiz-ayollar hanuz azobda yashamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG