Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

  • Amerika Ovozi

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

Somalida asoslangan al-Shabab islomiy jangarilar guruhi Keniya, Efiopiya va Afrika Ittifoqi kuchlariga qarshi turli jabhalarda urush olib bormoqda.

Biroq yosh jangarilar kurashning eng ashaddiysini aslida o’z onalari, aka-ukalari va do’stlariga qarshi olib borayotgan ko’rinadi.

Ras Kamboni guruhi al-Shababga qarshi kurashda hukumat bilan hamkorlik qiladi. 21 yoshli Abdurahmon Hasan unga a’zo, Keniya chegarasi yaqinidagi Dobli shahriga safarbar etilgan.

Uning 18 yoshli ukasi Jamoa esa al-Shabab a’zosi, 10 kilometr naridagi Afmadov shahrida jang qilmoqda.

Hasan har safar ukasi bilan gaplashganida uni terrorchi guruhdan chiqishga undaydi. Uka esa akasiga al-Shababni maqtaydi.

“Bir-birimizga qo’ng’iroq qilib turamiz. Men unga al-Shabab al-Qoida bilan hamkor terrorist tashkilot, sen unga xizmat qilayapsan deyman. Ukam esa meni iymoningni yo’qotibsan, dindan qaytgansan, deb koyiydi. Ular safiga qo’shilishga undaydi”, - deydi Hasan.

Og’a-ini jang maydonida uchrab qolsa, ikkilanmasdan bir-birini o’ldirishga ham tayyor.

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

“Bizni faqar qurol ajratib turadi, har birimiz qurolimizga ishonamiz. Yuzma-yuz kelsak, men uni o’ldiraman, bu mening burchim. U ham shunday vaziyatda meni o’ldirishga harakat qiladi, chunki unga dushmanni o’ldirsang, jannatga tushasan, deb o’rgatishgan”, - deydi aka.

Al-Shabab arabchada yoshlar, bolalar degani. Yaqinda al-Qoida bilan hamkor ekanini rasman tan oldi va Somalida shariat qonunlarini o’rnatish uchun jang qilib keladi. Guruhning eng yuqori darajadagi yetakchilari orasida xorijliklar ham bor, Somaliga jihod qilamiz deb kelishgan.

Mahalliy ulamolarning aytishicha esa aslida islom uchun emas, yer va tabiiy boyliklar uchun kurash ketmoqda.

Oddiy askar Sulton Hamdiyning jiyani al-Shabab a’zosi. 15 yoshida jangarilar uni va uning sinfidagi barcha bolalarni saflariga qo’shib olishgan.

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

Al-Shabab deb og’a-ini bir-birini o’ldirishga tayyor

“Yosh bo’lgani uchun miyasini aynitish oson. Al-Shabab aynan bolalarni yollaydi. Bizning duo qilishdan boshqa ilojimiz yo’q. Jiyanimga aytganman, jang maydonida duch kelsak, menga o’q uzsang, men ham seni otaman deb. Dushmanga rahm qilish yo’q”, - deydi Sulton Hamdiy.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra, al-Shabab o’z safini o’smirlar hisobidan kengaytirib keladi. Qo’shilishdan bosh tortganlarning oilasi jazoga tortiladi, hatto o’ldirishlari ham mumkin.

Hukumatni yoqlovchi Ras Kamboni guruhi so’zlovchisi Abdunosir Serar deydiki, hukumat askarlari qarindoshlarini terrorchi guruhni tark etishga undashi kerak. Ko’plar shunday qilgan ham. Hukumat taslim bo’lgan odamlar xavfsizligini kafolatlaydi.

Al-Shabab a’zolariga guruhdan qochish, qurolni tashlash va tinch hayotga qaytish maslahat beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG