Al-Shabab Somalida harbiylarga hujum qildi, o'lganlar bor

  • Amerika Ovozi

Bir kun oldin al-Shabab Mogadishudagi mehmonxonada 12 kishini o'ldirgan edi. Somali armiyasi hujumchilarning barini yo'q qilishga muvaffaq bo'lgani ma'lum.

Bir kun oldin al-Shabab Mogadishudagi mehmonxonada 12 kishini o'ldirgan edi. Somali armiyasi hujumchilarning barini yo'q qilishga muvaffaq bo'lgani ma'lum.

Somali poytaxti yaqinida al-Shabab ekstremist guruhi mahalliy harbiylarga hamla qilib, o'ndan oshiq askarni o'ldirgan. Jangarilar 30 askarni o'ldirganini da'vo qilmoqda, biroq rasmiylar 12 nafar harbiy nobud bo'lgan, deydi.

Jangarilar bir necha zirhli avtomobilni ham o'g'irlab qochgan. Voqea poytaxt Mogadishudan bir necha kilometr narida ro'y bergan.

Bir kun oldin al-Shabab Mogadishudagi mehmonxonada 12 kishini o'ldirgan edi. Somali armiyasi hujumchilarning barini yo'q qilishga muvaffaq bo'lgani ma'lum.

Birlashgan Milaltlar Tashkilot Xavfsizlik Kengashi hujumni qoralamoqda. Jangarilar erta tongda mehmonxonaga kiraverishda mashinani portlatgan, so'ng binoga kirib otishma boshlagan. Bu otel hukumat vakillari va biznes ahli orasida mashhur; talofatlar orasida ikki qonunchi, yuqori darajadagi harbiy va memonxona egasi bor.

Marhum general Abdukarim Yusuf Dagabadan 2011-yilda al-Shababga qarshi hujumlarga boshchilik qilgan va jangarilarning bir necha hamlasida omon qolgan edi.

Eslatib o'tish kerak, oxirgi oylarda radikal guruh Somalida Afrika Ittifoqi tinchlikparvar qo'shinlarining uch bazasini urdi; prezident qarorgohi yaqinida xurujlar sodir etdi.

2010-yilgacha al-Shabab Somali janubidagi katta hududlarni nazorat qilar, biroq Afrika Ittifoqi va Somali armiyasi tomonidan quvib solingan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG