Oq tilla qaziydigan konchilar otib o'ldirilgani Janubiy Afrikani oyoqqa turg'azdi

  • Amerika Ovozi

Lonmin platina koni oldida, 16-avgust, 2012

Lonmin platina koni oldida, 16-avgust, 2012

Janubiy Afrika Respublikasida ish sharoiti yaxshilanishi va maosh oshirilishini talab qilib namoyish boshlagan konchidan 34 nafari xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o’ldirilgani xalqni oyoqqa turg’azgan. Nozorilik namoyishlari avj olmoqda.

Yoxannesburg yaqinidagi platina, oq tilla koni, mamlakat uchun strategik makon.

Lonmin deb nomlangan bu inshoot platina ishlab chiqarishda dunyoda uchinchi o’rinda turadi.

Lonmin koni oldida namoyishlar

Lonmin koni oldida namoyishlar

Ammo sharoit harob, deydi mutaxassislar. O’tgan bir hafta ichida 3000 konchi ish tashlagan.

Prezident Jeykob Zuma voqea tekshirilib, javobgarlar jazolanadi deya va’da bermoqda.

Xavfsizlik organlarining bildirishicha, konchilar zo’ravonlikka berilgani va qo’lida xavfli vositalar bo’lgani uchun politsiya o’zini himoya qilishga majbur bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG