Janubiy Xitoy dengizi ustidan tortishuvlar avj olarkan, AQSh tomonlarni muzokaraga undamoqda

  • Amerika Ovozi

Janubiy Xitoy dengizi ustidan tortishuvlar avj olarkan, AQSh tomonlarni muzokaraga undamoqda

Janubiy Xitoy dengizi ustidan tortishuvlar avj olarkan, AQSh tomonlarni muzokaraga undamoqda

Qo’shma Shtatlar Janubiy Xitoy dengizi ustidan davom etayotgan mojaro yaqin kelajakda o’z yechimini topadi degan umidda.

Kecha Yaponiya va Xitoy bosh vazirlari Brusselda uchrashib, o’tgan oy dengizning sharqiy qismida yuz bergan olishuvni muhokama qilgan.

Har ikki davlat o’z mulki deb biladigan mayda orollar yonida xitoylar baliqchi kemasi va yapon xavfsizlik kuchlari to’qnashgan edi.

Hech kim yashamaydigan bu orollarni Xitoy Diaoyu orollari deb nomlagan bo’lsa, Yaponiyada ularni Senkaku orollari deb atashadi.

Janubiy Xitoy dengizi ustidan tortishuvlar avj olarkan, AQSh tomonlarni muzokaraga undamoqda

Janubiy Xitoy dengizi ustidan tortishuvlar avj olarkan, AQSh tomonlarni muzokaraga undamoqda

Lekin mojaro bu ikki davlat bilan cheklanmaydi. ASEAN, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasiga a'zo Filippin, Malayziya, Singapur va Vyetnam bu dengizdagi yuzlab orollarga da’vogarlik qiladi. Shuningdek, Tayvan ham bu tortishuvga qo'shilgan.

Xitoy ushbu mojaroga AQSh aralashmasligi kerak deb hisoblaydi. Vashington hech kimning yonini olmoqchi emas, ammo uning Filippindagi elchisi Garri Tomas “vaziyat izdan chiqmasligi uchun diplomatik yordam berishga tayyormiz” deydi.


“Amerika biror davlatning tarafini olmaydi, lekin istagimiz shuki, bir necha davlat orasidagi bu mojaro tinch yo’l bilan hal etilishi kerak”,- deydi elchi Tomas.

“Nazarimizda ASEAN a’zolari strategik kelishuvga erishishi kerak”,- deydi AQSh vakili.

Xitoy rasmiylarining aytishicha esa bu borada muzokaralar boshlangan va dengizda talashilayotgan orollar taqdiri yaqin orada ma’lum bo’ladi.

Pekin barcha da’vogarlar bilan bir davrada o’tirib emas, har bir davlat bilan alohida kelishmoqchi.

Yaqinda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Tinch okeanining bu qismida"xavfsizlikni saqlash biz uchun juda muhim”, - deb chiqqan edi.

Xavotir shundaki, Xitoy aslida butun dengizdagi orollarni egallab olish harakatida. Boshqa da’vogarlar Amerika yordamidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG