Janubiy Xitoy dengizida vaziyat taranglashmoqda

  • Amerika Ovozi

Janubiy Xitoy dengizi yuzasidan davlatlararo tortishuv boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Yechim topish tobora qiyinlashmoqda. Bu Xalqaro bo’hronlar bo’yicha tahskilot chiqargan xulosa.

Xalqaro Inqiroz guruhining seshanba kuni chiqargan hisobotida yozilishicha, Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari o’rtasida jiddiy mojaro vujudga kelishi ehtimoli kam bo’lsa ham, vaziyat tobora taranglashib bormoqda.

ASEAN tashkilotining o’tgan oy Kambojada bo’lib o’tgan sammitida tashkilotga a’zo 10 davlat Janubiy Xitoy dengizi hududidan foydalanish bo’yicha murosaga kela olmagan edi. Hisobotda shundan keyingi vaziyat tahlil etiladi.

Xitoy bahsli dengiz hududining 3,5 million kvadrat kilometri oziga tegishli ekanini da’vo qiladi.

Filippin, Bruney, Malayziya, Tayvan va Vyetnam ham dengizning bir qismiga da’vogar.

Tomonlar o’rtasidagi munozara yildan yilga kuchayib bormoqda. Pekinni bu borada agressiv siyosat olib borayotganlikda ayblayotganlar ko’p.

So’nggi oylarda Xitoy va Filippin Skarboro suvosti qoyalarini talashib, munosabatlari ancha taranglashdi. Xitoy, shuningdek, qo’shnilar bilan bemaslahat Vyetnam da’vo qilayotgan Parasel orollariga harbiy qo’shinlar joylashtirdi. Filippin va Vyetnam o’ziga ittifoqdosh topish maqsadida boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xalqaro Inqiroz guruhining tavsiya qilishicha, muammoni yechish uchun tomonlar o’rtasida dengizdan foydalanish bo’yicha umumiy qonun-qoidalar qabul qilinishi kerak.

Filippin rahbariyati Xitoy bilan munozarada bo’sh kelmasligini ta’kidlamoqda. Dushanba kuni xalqqa murojaat qilgan Prezident Benin’o Akvino bu masalada ortga chekinish yo’q, deb aytgan. Rasmiy Manila dengizdagi uch orolga qo’shin kiritish haqidagi Xitoy rejasini tashqi bosqin deya atagan:

“Agar birov hovlingizga bostirib kirsa va “bu mening yerim”, desa, jim turasizmi? O’z yeringizni boshqalarga osonlikcha berib qo’yasizmi?” deydi Filippin prezidenti Akvino.

Kuzatuvchilar hudud bo’yicha tortishuvlar avj olib, qurolli to’qnashuv kelib chiqishidan xavotirda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG