Janubi-sharqiy Osiyo suv toshqinlari ostida, yordamga muhtoj

  • Roy Corben

Bangkok ko'chalarida

Bangkok ko'chalarida

Janubi-sharqiy Osiyo toshqinlar bilan olishar ekan, aholi yordamga muhtoj. Ko’plab mamlakatlardan ko’mak kelmoqda, ammo yetmayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, tinimsiz sel Tailand, Birma, Laos va Fillippinda 830 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo’lgan. Bolalar ular orasida katta sonni tashkil etadi.

Vyetnam va Kambodjada ham talofat katta. Oziq-ovqat va boshpana masalasi chatoq, deydi BMT vakili Jerri Velaskez.

Janubi-sharqiy Osiyo suv toshqinlari ostida, yordamga muhtoj

Janubi-sharqiy Osiyo suv toshqinlari ostida, yordamga muhtoj

“Katta oilalar juda qiynalayapti. Hamma bolalarni suvdan asrab qolish oson emas. Go’daklar oqib ketayotgan, toshqinlar ostida qolib ketayotgan hollar ko’p,”- deydi mutaxassis.

“Bolalarni asrang” degan xalqaro tashkilot xodimi Enni Bormer-Roy tibbiy madad zarur, deydi.

“Bangkok, Tailand poytaxtining o’zida toshqindan keying ahvol sanitariya talablariga umuman javob bermaydi. Atrof juda iflos. Yosh bolalar axlatlar orasida och-nahor yuribdi. Eng yuqumli kasalliklar mana shunday vaziyatda keng tarqaladi. Toza ichimlik suvi yetishmayapti, dori-darmon ham",- deydi Bormer-Roy.

Janubi-sharqiy Osiyo suv toshqinlari ostida, yordamga muhtoj

Janubi-sharqiy Osiyo suv toshqinlari ostida, yordamga muhtoj

Tailandda g’arq bo’lib yoki tok urib o’layotgan odamlar soni oshib bormoqda. Chunki, hammayoq vayron.

Elektr toki liniyalari uzilgan, ko’chalar yopilib qolgan, imoratlar qulagan yoki suv tagida qolib ketgan.

Qancha yordam kelsa, shuncha yaxshi, deydi rasmiylar.

XS
SM
MD
LG