Amerika va Janubiy Koreya shu hafta harbiy mashqlar boshlaydi

  • Amerika Ovozi

Qo’shma Shtatlar va Janubiy Koreya harbiy kuchlari shu hafta birgalikda Sariq dengizda mashqlar o’tkazadi. To’rt kunlik mashg’ulotlardan maqsad Janubiy Koreya harbiy salohiyatini mustahkamlash, g’anim davlatlarni ogohlantirish.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts, admiral Mayk Mullen kecha Seulga borib, rasmiylar bilan muzokara boshlagan. Davlat kotibasi Xillari Klinton ham ertaga muloqotga qo’shilishi kutilmoqda.

Regiondagi qudratli davlat – Xitoy nazarida bu tashabbus uning manfaatlariga zid. “Suverenitetimiz, hududiy yaxlitligimiz xavf ostida”, deydi Xitoy rasmiylar.

Admiral Mayk Mullen hech kim mojaro izlayotgani yo’q, deydi. Mashqlar xalqaro hududda azaldan o’tkazib kelingan va o’tkaziladi, deydi harbiy.

Tahlilchi Klark Sorenson fikricha, Qo’shma Shtatlar bu regionda ehtiyot bo’lib harakat qilmog’i darkor. “Xitoy bilan dushman bo’lish kimga kerak?”- deydi olim.

Bu harbiy mashqlar Shimoliy Koreyaning agressiv siyosatiga javob deya ko’riladi. Shu yil boshida Sariq dengizda Janubiy Koreyaga qarashli Cheonan kemasi cho’kib, 46 dengizchi halok bo’lgan edi. Tergov xulosasiga ko’ra, voqeada kommunistik davlatning qo’li bor. Voqea ro’y bergan joyda Shimoliy Koreyada ishlangan torpedoning qoldiqlari topilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG