Janubiy Koreyada cho’kkan kema kapitani kechirim so’radi

  • Amerika Ovozi

Halokat ro’y berganiga ikki kun bo’lar ekan, sovuq suvda biror kishi omon qolishiga umid so’nib borayapti.

Halokat ro’y berganiga ikki kun bo’lar ekan, sovuq suvda biror kishi omon qolishiga umid so’nib borayapti.

Janubiy Koreya sohillari yonida halokatga uchrab cho’kkan kemaning yo’lovchilarini qidirish ishlari davom etayapti.

Taxminan 300 odam, asosan, maktab bolalari qidirilayapti. To’qqiz odam nobud bo’lib, 179 nafari qutqarib olindi. Shulardan 78 nafari o’quvchilar.

Lekin halokat ro’y berganiga ikki kun bo’lar ekan, sovuq suvda biror kishi omon qolishiga umid so’nib borayapti.

Qutqaruv-qidurv ishlariga yuzlab harbiylar, kemalar va vertolyotlar safarbar etildi. Bolalarning ota-onalari hukumatni sustkashlikda ayblab, tanqid qilmoqda.

Kema kapitani Li Jun Sok halokat natijasida birinchilardan bo’lib kemani tark etgan. U jamoatchilikdan kechirim so’rab, o’ta afsusda ekanini aytmoqda.

Qariyb olti yarim ming tonnalik kema nima uchun cho’kkani hali noma’lum. Yo’lovchilar kema nimagadir urilganini taxmin qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG