Janubiy Sudanda tinchlik haqidagi umidlar so’nib borayapti

  • Amerika Ovozi

Janubiy Sudan... Mamlakat rahbari Salva Kiir va uning sobiq muovini Rik Mashar tarafdorlari o’tgan oydan beri urush qiladi va ziddiyat mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketgani taxmin qilinadi.

Janubiy Sudan... Mamlakat rahbari Salva Kiir va uning sobiq muovini Rik Mashar tarafdorlari o’tgan oydan beri urush qiladi va ziddiyat mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketgani taxmin qilinadi.

Janubiy Sudanda jang qilayotgan tomonlar o’rtasida tinchlik muzokaralari kechiktirildi.

Yosh mamlakat fuqarolik urushiga tortilish arafasida ekan, elchilar bugun Efiopiyada muloqot qilishi kerak edi. Biroq kun tartibidagi masalalar yuzasidan murosa yo’q.

Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir va uning sobiq muovini Rik Mashar tarafdorlari o’tgan oydan beri urush qiladi va ziddiyat mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketgani taxmin qilinadi. 200 ming kishi uyini tashlab chiqqan.

Dekabr o’rtalarida sobiq vitse-prezident Rik Masharga sodiq kuchlar Juba shahrida armiya qarorgohiga hujum qilgan edi. Ketidan prezident Kiir sobiq muovinini hukumatni ag’darishga uringanlikda ayblab chiqdi.

Natijada bir tarafda Kiir armiyasi, boshqa tarafda har xil elatlardan iborat isyonchi guruhlar va Masharga xayrixoh harbiylar bir-biri bilan olisha ketdi.

Janubiy Sudan 2011-yilda tinch yo’l bilan Sudandan ajralib, mustaqillikka erishgan. Undan oldin Sudan ahli bir necha o’n yil urushda yashagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG