Janubiy Sudanda fuqarolar urushi xavfi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Sudan askarlari Bor shahrini isyonchilar qo'lidan qaytarib olgan. 25-dekabr, 2013-yil.

Janubiy Sudan askarlari Bor shahrini isyonchilar qo'lidan qaytarib olgan. 25-dekabr, 2013-yil.

Keniya va Efiopiya mulozimlari notinch Janubiy Sudanga safar qilib, g’alayonni tugatish bo’yicha muzokaralarga kirishmoqda.

Janubiy Sudan rahbari Salvaa Kiir raqibi va sobiq muovini Riyek Masharni davlat to’ntarishini rejalaganlikda ayblayapti.

Mamlakatda bir haftadan beri to’polonlar tinmaydi.

Armiya va isyonchilar o’rtasida to’qnashuvdan boshlangan ziddiyat sekin-asta elatlararo nafrat tusini olayapti va shu paytgacha minglab odamlarning boshini yeb ulgurdi, deya ogohlantiradi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari.

40 mingdan oshiq tinch fuqaro BMT himoyasini izlab murojaat qilgan.

Hukumatdan qochib yurgan sobiq vitse-prezident Mashar harbiy to’ntarishga aloqasi yo’qligini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, u armiyani prezidentni davlat tepasidan ag’darishga chaqirmoqda.

BMT Xavfsizlik kengashi Janubiy Sudanga 5500 tinchlikparvar askar jo’natishga qaror qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG