Qirg'iziston janubida g'alayonlar davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Qirg'iziston janubida korrupsiyada ayblanib hibsga olingan deputat Ahmatbek Keldibekov tarafdorlarining norozilik chiqishlari davom etmoqda.

Bu o’rtada, O’sh shahar hokimi Melis Mirzakmatov ishdan chetlatilgan.

Hafta oxirida mitingda Mirzakmatov shahar meri saylovlarida qatnashishini elon qilib, kursisiga qaytishini ta’kidladi. Ayni paytda arbob markaziy rahbariyatni tanqidga olmoqda.

Hibsdagi deputat Keldibekovning tarafdorlari uyushtirgan mitingda ham mer keskin chiqish qilgan edi.

Kuzatuvchilar fikricha, rasmiy Bishkek va janublik siyosatchilar guruhi, ayniqsa, Mirzakmatov o’rtasida kurash tobora keskinlashmoqda.

"Amerika ovozi" Qirg’izistondagi vaziyat xususida mahalliy aholi va tahlilchilar fikrini o’rgandi:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG