Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

  • Amerika Ovozi

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Sovet imperiyasi qulaganiga shu kunlarda 20 yil bo’ldi. Uning o’rnida vujudga kelgan mustaqil respublikalar bugun o’zi tanlagan taraqqiyot yo’lidan bormoqda.

SSSRni parchalagan omillar, xususan, ittifoq rahbari Mixail Gorbachyovning roli haqida amerikalik arboblar fikri bilan tanishsak…

Mixail Gorbachyov 1985-yilning martida Sovet Ittifoqi rahbari etib tayinlangan. 54 yoshida lavozimga kirishar ekan, Politbyuroning eng yosh a’zolaridan edi.

Ungacha rahbarlarning hammasi yoshi ulug’ odamlar edi, deydi AQSh prezidentlariga maslahatchi bo’lgan Brent Skovkroft.

“Yemirilib borayotgan sistemani jonlantirish uchun olib kelishgan uni. Lekin qanday qilib? Bu qorong’u edi”.

Gorbachyov kelasi olti yilda Sovet imperiyasini butunlay o’zgartirgan siyosiy-iqtisodiy islohotlarga zo’r berdi.

AQShning Moksvadagi sobiq elchisi Tomas Pikering deydiki:

“Mamlakat qay tomon ketayotganini anglagan Gorbachyov keskin choralar tarafdori edi, ammo bu darajada qarshilik kutmagan”.

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Reformalar kommunistik jamiyat hayotining har bir jabhasiga kirib bordi. Erkinroq matbuot. Oshkoralik. Siyosiy mahbuslar va dissidentlar qamoqdan ozod etildi.

“Gorbachyovni demokrat deb ta’riflash noto’g’ri. O’sha tizim samarasini oshirishga, sitam-zulmni kamaytirishga harakat qilgan”, - deydi Brent Skovkroft.

Ammo haqiqat shu ediki, Kommunistik Partiya islohotga moyil emas edi. 1991-yilning avgustida partiyaning mafkuraga sodiq a’zolari, harbiylar va KGB bilan til biriktirib, davlat to’ntarishi uyushtiradi. Hokimiyatni Mixail Gorbachyovdan tortib olishga harakat qiladi. Lekin uddasidan chiqmaydi.

Chunki, deydi Skovkrovft, uch kun davom etgan to’ntarish puxta rejalanmagandi.

“Uning boshida turgan odamlar, yetakchilari puch bo’lgani uchun ham reja amalga oshmagan”, - deydi sobiq elchi Pikering.

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Sovet Ittifoqining qulashi - amerikalik arboblar nigohida

Bu voqealardan to’rt oy o’tib, Sovet Ittifoqi parchalanib ketdi. Oq uy sobiq rasmiysi Brent Skovkroft deydiki, Gorbachyovning asosiy raqibi - Boris Yeltsin uchun sahna endi ochiq edi.

“Gorbachyovdan qutulishning bir yo’li – ittifoqni parchalash edi. Imperiya yakun topganining asosiy sabablaridan biri ham shu – Gorbachyov ishidan ayrilib bo’lgan edi”.

Amerikalik arboblar fikricha, Sovet rahbari olib borgan qayta qurish, glasnost-oshkoralik siyosati radikal o’zgarishlarga yo’l ochib bergan. Bu degani – ittifoqni tashkil etgan davlatlarni bir soyabon ostida ortiq ushlab turish mumkin emas edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG