AQShda Rossiya josusi degan gumon bilan 10 kishi hibsga olingan

  • Amerika Ovozi

Federal sud nazarida Rossiya razvedkasi ularni 10 yil burun yollab, maxfiy topshiriqlar bergan.

AQSh Federal qidiruv byurosi 10 kishini Rossiya uchun josuslik qilganlikda ayblab, qo'lga olgan. Kreml Qo'shma Shtatlardan bu borada batafsil ma'lumot talab qilmoqda.

Sud hujjatlarida aytilishicha, bu odamlar 10 yil oldin Rossiya tashqi razvedkasi tomonidan yollanib, ularga maxfiy vazifalar yuklangan. Xususan AQSh yadro dasturi, tashqi siyosati va Kongress faoliyatiga doir ma'lumotlarni to'plash bo'yicha. Ba'zilari tahlil markazlarida, universitetlarda ishlagan. Ularga moliyaviy qalloblik aybi ham qo'yilgan.

Yana bir kishi qidiruvda edi, biroq bugun 54 yoshli Kanada fuqarosi Kipr aerportida Budapeshtga ketayotgan payt qo'lga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG