AQSh Senati STARTni tasdiqladi

  • Amerika Ovozi

Prezidentlar Barak Obama va Dmitriy Medvedev STARTga shu yilning aprel oyida imzo chekkan. Rossiya Dumasi loyihani avval AQSh Kongressi ma’qullasin, “so’ng biz ko’ramiz” deya shart qo’ygan.

Prezidentlar Barak Obama va Dmitriy Medvedev STARTga shu yilning aprel oyida imzo chekkan. Rossiya Dumasi loyihani avval AQSh Kongressi ma’qullasin, “so’ng biz ko’ramiz” deya shart qo’ygan.

START – strategik qurollar nazoratiga doir hujjat ikki davlat yadro arsenalini 30 foizga qisqartirishni ko’zlaydi.

Bitim prezident Barak Obama tashqi siyosatda erishgan salmoqli yutuqlardan biridir.

Bu Rossiya bilan aloqani mustahkamlash uchun imkoniyat; hujjat davlat, xalq xavfsizligi uchun juda muhim, deydi prezident Obama.

AQSh rahbari Senat qarorini olqishlab, siyosiy birdarlikdan nishona deya ta'riflagan.

START Rossiya va Qo’shma Shtatlar yadro qurollari zaxirasini 1500 donaga kamaytiradi.

Ballistik raketa va bomba tashuvchi sistemalar soni 700 taga qisqaradi. Har ikki davlat atom arsenalini kuzatish, axborot berish tizimi ishga tushadi.

Dastlabki hujjat 1991 yilda prezidentlar Jorj Bush va Mixail Gorbachev tomonidan imzolangan edi.

Uning amal qilish muddati o’tgan yilning dekabrida nihoyasiga yetib, tomonlar shundan beri uni yangilash ustida gaplashib kelayotgan edi.

AQSh Senati STARTni tasdiqladi

AQSh Senati STARTni tasdiqladi

“AQSh va Rossiya aloqalari tarixida hamda yadroviy tahdidga qarshi kurash tarixida yangi sahifa ochish arafasidamiz”, - deydi demokrat Jon Kerri, Senatning Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi raisi.

Aksariyat respublikachilar loyihaga hamon qarshi.

“Bitim Amerika mudofaa tizimini zaiflashtiradi. Rossiya qurol-aslahasi ustidan nazorat bobida ko’proq shartlar qo’yish lozim”, - deydi Missuri senatori, respublikachi Kit Bond.

Biroq 11 nafar respublikachi va Senatda hukmron demokratlar rozi, STARTni ma’qullash uchun bu kifoya edi.

Noyabrda o’tgan saylovda muxolif respublikachilar qo’li baland keldi. Ya’ni yanvarda Kongressda kuchlar muvozanati o’zgaradi, xususan Senatda demokratlar endi mutlaq hokim bo’lmaydi.

Obama ma’muriyati START ustida bahs yana bir yilga cho’zilmasin deya loyihani tezda tasdiqlatib oldi.

Bitim tarafdorlari fikricha, Qo’shma Shtatlar kuchli davlat. STARTga amal qilinib, yadro arsenali qisqargan taqdirda ham har qanday dushmanni yanchish uchun qurol yetarli bo’ladi, deydi ayrimlar.

"STARTni zudlik bilan tasdiqlash davlat xavfsizligi uchun muhim edi. Mana bir yildirki, Rossiya qurol-aslaha bobida nima qilayotganidan bexabar edik. Bu juda uzoq muhlat", - deydi respublikachi senator, hujjatni yoqlagan Richard Lugar.

AQSh harbiylari, razvedka xizmati ham bitimni qo'llab-quvvatlamoqda.Yadroviy arsenalni, strategik qurollarni zamonaviyroq qilish, bugungi sharoitga moslash uchun zarur bu, deydi Mudofaa vaziri Robert Geyts.

Prezidentlar Barak Obama va Dmitriy Medvedev STARTga shu yilning aprel oyida imzo chekkan.

Endi gap Rossiya Dumasida qolgan. Rossiya qonunchilari loyihani avval AQSh Kongressi ma’qullasin, “so’ng biz ko’ramiz” deya shart qo’ygan edi.

Tahlilchilar hujjat muhokamasi silliq kechishi aniq, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG