Duma START bitimini kelasi oy ma’qullashi kutilmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh qonunchilari START bitimiga qator tuzatishlar kiritgan va ularni sinchiklab ko’rib chiqish lozim, deydi Rossiya rasmiylari.

AQSh qonunchilari START bitimiga qator tuzatishlar kiritgan va ularni sinchiklab ko’rib chiqish lozim, deydi Rossiya rasmiylari.

Rossiya parlamentining quyi palatasi Duma START bitimini ma’qulladi hisob. AQSh bilan imzolangan, strategik qurollar nazoratiga doir hujjat taqdiri yanvarda tugal hal bo’ladi.

Hujjat Dumada uch marta o’qiladi. Dastlabki muhokama silliq kechgan – 350 deputat rozi, 58 nafari qarshi ovoz bergan.

Deputat Konstantin Kosachevning aytishicha, Duma qishki ta’tildan so’ng, yanvarda masalaga qaytadi. AQSh qonunchilari START bitimiga qator tuzatishlar kiritgan va ularni sinchiklab ko’rib chiqish lozim, deydi deputat.

Qo’shma Shtatlar Senati loyihani hafta boshida tasdiqlagan edi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev AQSh rahbari Barak Obamani olqishlab, so’zining ustidan chiqadigan arbob deya maqtagan. Obamaning irodasi bilan START ma’qullandi va ikki davlat xavfsizligi yo’lida olg’a qadam tashlandi, deydi Medvedev.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev AQSh rahbari Barak Obamani olqishlab, so’zining ustidan chiqadigan arbob deya maqtagan.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev AQSh rahbari Barak Obamani olqishlab, so’zining ustidan chiqadigan arbob deya maqtagan.

Dunyo qurol-aslahasi, yadro o’q-dorisining aksariyati Rossiya va Qo’shma Shtatlar hissasiga to’g’ri keladi.

START bitimi ikki davlat strategik qurollari sonini, jumladan, raketalar, suv osti kemalari, bomba, qiruvchi samolyotlar sonini 30 foizga kamaytiradi.

Rossiya va AQSh bir-birining harbiy arsenalini kuzatib borish, har qanday o’zgarish haqida bir-birini xabardor qilish imkoniga ega bo’ladi. START dunyo xavfsizligi uchun o’ta muhim, deydi ikki davlat siyosatdonlari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG