AQSh hukumati talabalarga qarzni to'lashda yordamlashadi

  • Amerika Ovozi

O’tgan yili diplom olgan yoshlar o’rtacha 24 ming dollar qarzga botgan. Bu nihoyatda katta kredit. Uni qaytarish oson emasligi aniq.

O’tgan yili diplom olgan yoshlar o’rtacha 24 ming dollar qarzga botgan. Bu nihoyatda katta kredit. Uni qaytarish oson emasligi aniq.

Yaqinda prezident Barak Obama qarori bilan talabalarning o’qish uchun olgan kreditni to’lash jarayoni osonlashtirildi, shuningdek, hukumat yoshlarga bu borada yordamni oshirdi. Bugun bu mamlakatda oliy ta’lim yiliga o’nlab ming dollarga tushadi.

Urush qatnashchisi Rizon Chendler vatanga qaytib universitetga kirish orzusida edi. O’qish uchun puli bo’lmagani sababli Virjiniya shtatidagi “Taydvoter” oliygohidan moliyaviy yordam so’radi. Arizasi qondirildi va Chendler bugun bu yerda ta’lim olayotgan 46 ming talaba safida.

”Yoshim 26 da. 18 ga kirgan va endi maktabni tugatgan yigit-qizlarga qaraganda tajribam ko’proq, har holda”.

Kredit olish uchun talaba maxsus formalarni to’ldiradi. Unda hozirgi daromad va xarajatlar barobarida kelajakdagi taxminiy daromad ham ko’rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda har oy to’lanishi kerak qarz hajmi belgilanadi. Talaba o’zi kreditni qaytarish uchun qancha to’lash zarurligini biladi.

“Universitetni bitirgach, yiliga 36 mingdan 40 ming dollargacha maosh olishim mumkim. Olgan kreditdan kelib chiqib, hisob-kitob qilsak, kelajakda oyiga 136 dollar to’lashim kerakligini ko’ramiz”.

Bunday qarzni qaytarish qiyin emas, deydi bu ilm maskani rahbari Debra DiKros.

“Bunga uy sotib olish uchun ipoteka va avtomashina sotib olish uchun kreditni qo’shish kerak emas. Biz beradigan kreditni o’qishni bitirgach darhol qaytara boshlash kerak. Hali bo’yniga boshqa kreditlar og’irligi tushmay turib. Demak, talabalar bu mablag’ ularga sovg’a emasligini tushunadi. Kelajakda ko’p pul topadimi, yoqmi, kreditni baribir qaytarishi kerakligini ham yaxshi biladi”.

Bitiruvchilar uchun birlamchi masala - ish topish. O'qish uchun olingan minglab dollar kreditni to'lash kerak.

Bitiruvchilar uchun birlamchi masala - ish topish. O'qish uchun olingan minglab dollar kreditni to'lash kerak.

Kreditlarning qaytarilishi - AQSh o’quv yurtlari uchun nihoyatda dolzarb masala. Mamlakat bo’ylab iqtisodiy ahvol og’irlashgan sari, o’qish xarajati ham oshmoqda. “Taydvoter” kabi kredit beradigan oliygohga ariza topshirayotganlar soni o’sishda davom etyapti. Ish topish qiyin ekan, ko’plab yoshlar o’qishni davom ettirmoqda.

“O’tgan yili diplom olgan yoshlar o’rtacha 24 ming dollar qarzga botgan. Bu nihoyatda katta kredit. Uni qaytarish oson emasligi aniq. Yordam berish kerak”.

Oktabr oyida prezident Obama talaba va bitiruvchilar uchun qarzni kamaytirish dasturini e’lon qildi. Kelasi yildan boshlab kredit olganlar daromadiga qarab to’lay boshlaydi, va bu pul oylikning 10 foizidan oshmasligi kerak. 20 yil oldin bitirganlarning esa qarzidan kechiladi.

“Bu muammoni hal etishning bir yo’li, balki yagona yo’lidir hozirgi vaziyatda. Ammo men kredit berayotganda, aniq shartlar qo’yilishi tarafdoriman”, deydi "Taydvoter" kolleji rahbari Debra DiKros.

Rizon Chendler kredit olishga puxta tayyorlanganligi va oldindan barcha hisob-kitobni qilib chiqqanidan xursand. Aks holda u kattaroq kredit olishi mumkin edi. Bu esa kattaroq qarz degani.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG