Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

  • Elizabet Arrot

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

Misrdagi inqilob ketidan davlat siyosatida radikal islomiylar ta’siri kuchaydi, deya tashvish bildirmoqda mamlakatdagi so’fiy guruhlar.

Tasavvuf ahli poytaxt Qohiraning Tahrir maydonida norozilik namoyishi uyushtirdi.

“Misrni sevmoq uchun” shiori ostida Tahrir maydonida to’planganlar hukumatni barcha diniy guruhlar manfaatini teng ravishda ko’zlaydigan siyosat olib borishga da’vat etayapti.

“Al-Tahrir” deb nomlangan partiya rahbari, Azmiya so’fiylari yetakchisi Alo Abu al-Azayim ular birinchi bor maydonga chiqayotganini aytadi. Bu tadbir o’tgan oy bo’lib o’tgan radikal musulmonlar namoyishiga javobdir.

Uning ta’kidiga ko’ra, fundamentalist guruhlar siyosatga intilayotgani Misrdagi barcha diniy guruhlar, xususan nasroniy va musulmonlarni tashvishga solmoqda.

“Chunki hokimiyatga kelsa, ularga qarshi chiqqanlarning barini yo’q qilishdan ham tap tortmaydi”, - deydi Alo Abu al-Azayim.

Albatta, bu bashorat keskin tuyulishi mumkin. Lekin misrliklarning ko’pchiligi al-Azayim bilan hamfikr.

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

Salafiy va vahobiylar Misr yangi konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritib, mamlakatda shariat o’rnatish kerak, deb chiqmoqda.

Mazkur chaqiriq nasroniylar hamda dunyoviy qarashga ega fuqarolar barobarida mo’tadil musulmonlarni ham chuqur tashvishga solayapti.

Yangi bosh qomusni tuzishda kimlar ishtirok etadi va jarayon qanday kechadi – bu haqda hukumat yaqin kunlarda e’lon qilishi kutilmoqda.

Ayrim misrliklar nazarida esa kunning eng dolzarb masalasi yangi konstitutsiya emas, balki saylovlardir va namoyishlarni shu bois to’xtatish zarur. Poytaxtda deyarli har hafta bo’lib o’tayotgan norozilik chiqishlari iqtisodiyotga ham ziyon yetkazayapti, deya eslatadi ular.

So’fiylar yetakchisi Alo Abu al-Azayim, bunga javoban deydiki, fundamentalist guruhlar vaziyatdan foydalanib siyosiy muloqotda ustun kelishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

Misr tasavvuf ahli radikal guruhlar hokimiyatga kelishiga qarshi

So’fiylar, dunyoviy tuzum tarafdorlari va boshqa guruhlar jamiyatning islomiylashishiga qarshi chiqar ekan, yanvar oyidagi inqilobda salafiy va vahobiylar hech qanday ro’l o’ynamagani, endi esa fursatdan foydalanmoqchi ekanini da’vo qiladi.

So’nggi oylarda Misrdagi nasroniy va so’fiylar ziyoratgolariga hujumlar kuzatildi. Bu esa mamlakatda diniy birdamlikni saqlab qolish mumkinmi, degan savolni ko’ndalang qo’ymoqda.

Misr muvaqqat hukumati, bu orada, namoyishlarni bas qilishga da’vat etayapti. Rasmiylar inqilobchilar qo’ygan talablarning aksariyati bajarilgani, xususan sobiq prezident Husni Muborak ustidan sud ketayotganini aytadi.

Eski tuzum paytida Misrda barcha diniy guruhlar faoliyati man etilgan, ko’plab diniy yetakchilar ozodlikdan mahrum etilgan edi. 30 yildan buyon hukm surayotgan favqulodda qonunlarni bekor qilish borasida ish ketmoqda.

XS
SM
MD
LG