Breaking News

Nyu-Yorkda semizlikka qarshi kurash


Minuman soda yang banyak mengandung kafein seperti ini membuat anak lebih beresiko mengompol di malam hari.
Minuman soda yang banyak mengandung kafein seperti ini membuat anak lebih beresiko mengompol di malam hari.
Maykl Blumberg Nyu-York shahri meri etib saylanganidan buyon semizlikka qarshi kurashib keladi. Restoranlar menyusidagi har bir taom kaloriyasi haqida batafsil axborot berish talabi - Blumberg kiritgan o’zgarishlardan. Semizlik Amerikada katta muammo ekan, Nyu-York meri endi shirin gazli ichimliklarni man etmoqchi. Xo’sh, odamlar bu haqida nima deydi?

Nyu-Yorkda semizlikka qarshi kurash/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling

Kuniga qancha shirin gazli ichimlik iste’mol qilish mumkin? Ko’pgina amerikaliklar uchun bir o’tirishda yarim litr, hatto bir litr koka-kola yoki fantani simirishi hech gap emas.


Nyu-York meri Maykl Blumberg fikricha bu o’taketgan ahmoqlik. Zararini bila turib, nega loqaydmiz, deya so’raydi u.


Ba’zi nyu-yorkliklar merdan norozi.


“Bu qanday davlat bo’ldi ko’ngling tusagan ichimlikni icholmasang? Ichsak ichibmiz-da!” - dedi bir fuqaro.


“Bu demokratik davlat-ku axir! Qanday ichimlik ichishni biz o’zimiz hal qilishga haqlimiz,” - unga jo'r bo'ladi yana bir nyu-yorklik.


Siyosiy tahlilchi Deyvid Almasi ham mer taklifiga qarshi. Katta shishalardagi ichimlikni man etish bilan muammo hal bo’lmaydi deydi u.


”Mer qanday taklif kiritganini bilasizmi? Masalan, restoranga borsangiz, bir litrlik pivo buyura olasiz, lekin bir litr koka-kola buyurib, icholmaysiz. Bunda mantiq bormi o’zi?”



Kechayu-kunduz ishlaydigan do’konlardan qariyb bir litrlik ichimlikni bemalol sotib olasiz. Nyu-York shahar hokimiyati 2006-yilda o’tkazilgan tadqiqotga ishora qilib, tarkibida shakar ko’p bo’lgan ichimlik yurakni ishdan chiqaradi deydi.


Shifokorlar mer tomonda.


“Bir litr shakarli suv faqat zarar… Salomatlik uchun hech qanday foydasi yo’q. Faqat ko’proq kaloriya iste’mol qiladi odam va oxir-oqibat semiradi,” - deydi yetakchi shifokor Kler Lebrun.


Qancha ko’p shakar iste’mol qilsangiz, uni shuncha ko’proq qumsaysiz, deydi u.


“Ochig’ini aytsam, men ham koka-kolaga banggi edim. Endi tashlashga harakat qilyapman”.


Semizlik zamon balosi ekaniga shubha yo’q.


"Menimcha, bu juda yaxshi taklif. Mana menga qarang. Meni ozg’in deb bo’lmaydi. Qornimga qarang…” - deydi bir nyu-yorklik.


Mer taklifini Nyu-York shahri Salomatlik kengashi tasdiqlashi kerak. Uning a’zolarini Blumbergning o’zi tayinlagan. Demak, taklif qonunga aylanishi ehtimoli katta.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG