Yamanda "Islomiy davlat" 48 askarni o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Adan shahri, Yaman, 18-dekabr, 2016

Adan shahri, Yaman, 18-dekabr, 2016

18-dekabr kuni Yamanning port shahri Adanda yuz bergan portlashda 48 askar halok bo'lgan. Bir kishi o'zini portlatgan. Bu paytda Riyodda AQSh va Saudiya Arabistoni rasmiylari Yaman taqdirini muhokama qilayotgan edi.

"Islomiy davlat" terror tizimi hujum uning ishi ekanini tan olgan. Bir hafta oldin ham shunday xurujda 45 harbiy o'ldirilgan edi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va boshqa rasmiylar, shuningdek, BMTning Yaman bo'yicha maxsus elchisi Ismoil Uld Ahmad bilan muloqot qilgan. Muzokarada biror qarorga kelinmagan. Tomonlar fikr almashgan va shia-sunniy ixtilofiga chek qo'yish yuzasidan o'z pozitsiyalarini bayon etgan xolos.

2014-yilda Hutiylar deb nomlangan shia jangari harakati Yamanda hokimiyatni qo'lga olgan edi. Qo'shni Saudiya Arabistoni Fors ko'rfazidagi boshqa sunniy davlatlar bilan hamkorlikda ularga qarshi kurash boshladi. Hutiylardan hokimiyat qaytib olindi lekin boshqaruv zaifligicha qolmoqda.

Shia jangarilarni Eron quvvatlab keladi. Saudiya Arabistoni boshchiligida ularga qarshi havo hujumlari davom etmoqda. Shu kungacha yuzlab odamlar o'lgan, jumladan begunoh fuqarolar.

Vashington Riyod olib borayotgan amaliyotlarga qarshi lekin qirollikni ahdidan qaytara olmagan. Kerri davlat kotibi sifatida Saudiya Arabistoniga oxirgi bor safar qilmoqda. Orada kelishmovchiliklar talay va Donald Tramp prezidentlikka kirishgach aloqalar qay tomon yo'nalishi mavhum.

Obama ma'muriyati Saudiya Arabistoniga qurol sotmaslikka qaror qilgan. Sabab, deya bildiradi Oq uy, qirollik boshchiligidagi havo hujumlari Yamanda oddiy aholining hayotini ko'kka sovurmoqda.

Video (inglizcha)

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG