Breaking News

Amerikada "super seshanba": 10 shtat respublikachilari ovoz bermoqda


Bugun respublikachi da'vogarlarni elakdan o'tkazayotgan shtatlar
Bugun respublikachi da'vogarlarni elakdan o'tkazayotgan shtatlar

Bugun AQShda "super seshanba". Respublikachilar partiyasidan noyabrda bo'ladigan prezident saylovlarida yagona nomzod bo'lishga intilayotgan arboblar uchun muhim kun.

Birvarakayiga 10 shtatda respublikachilar partiyaviy saylovda qatnashmoqda:
Alyaska, Jorjiya, Aydaxo, Massachusets, Shimoliy Dakota, Ogayo, Oklaxoma, Tenessi, Vermont va Virjiniya.

Prezidentlikka nomzod bo'lish uchun da'vogar jami 1144 delegat ovozini olishi kerak. Bugun 419 delegat ovozi saylovga qo'yilgan.

So'nggi besh shtatdagi saylovlarda g'olib bo'lgan Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni hozircha peshqadam. Bugun u mavqeini yaxshilab olmoqchi. Uning asosiy raqibi sobiq senator Rik Santorum. Fevral boshida uch shtatda g'alaba qozongan edi.

Yana ikki da'vogar Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich va kongressmen Ron Pol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG