Respublikachilar 10 shtatda prezidentlikka da'vogarlar uchun ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

AQShning 10 shtati respublikachilardan prezidentlikka da'vogarlarni saraladi. Massachusets sobiq gubernatori Mitt Romni olti shtatda g'alaba qozonib, mavqeini mustahkamlab oldi.

"Super seshanba" nomini olgan bu kunda Mitt Romni o'zi gubernatorlik qilgan Massachusetsda hamda Vermont, Virjiniya, Aydaxo, Alyaska va Ogayoda birinchi bo'ldi.

"Ish izlab qarzini uzishga urinayotgan millionlab amerikaliklarga bir so'zim bor: siz emas, aslida hozirgi prezidentning omadi yo'q. Bu rahbar albatta o'zgaradi", - deydi nomzod.

Romnining asosiy raqibi sobiq senator Rik Santorum esa Tennessi, Oklaxoma va Shimoliy Dakota shtatlarida g'alaba qozondi.

"Mustaqillik deklaratsiyasida yozilganidek, kuchni hukumatdan emas, Yaratgandan olamiz", - deydi Santorum.

Yana bir nomzod, Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich esa tug'ilib o'sgan Jorjiyada eng ko'p ovoz oldi.

Gingrich shtat poytaxti Atlantada tarafdorlariga murojaat qilib, "men kuzda Obamaga qarshi chiqa oladigan yagona nomzodman", deb aytdi.

Yosh respublikachilar orasida e'tibor qozongan, AQShning xorijdagi urushlariga qarshi pozitsiyasi bilan yaxshi tanish yana bir da'vogar Ron Pol esa kechagi saylovlarda biror shtatda g'olib bo'la olmadi, ammo respublikachilarning yozda o'tadigan qurultoyigacha kurashishga bel bog'lagan.

Prezidentlik saylovi 6-noyabrda o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG