Shvetsiya Falastinni davlat sifatida tan olmoqchi, AQSh hali erta deydi

  • Amerika Ovozi

Stefan Lofven, Shvetsiya Bosh vaziri

Stefan Lofven, Shvetsiya Bosh vaziri

Qo'shma Shtatlar nazarida Shvetsiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga shoshmoqda. Bu ishni qilishga hali erta, deya bildiradi Davlat departamenti.

Amerika ham Falastin alohida davlat bo'lishini istaydi, deya bayon qiladi departament, biroq bunga Isroil bilan muzokara va murosa orqali erishishi kerak.

Isroil va Falastin xalqi yonma-yon tinchlikda yashashga qodir ekanini anglab yetishi va bir-biriga shuni va'da qila olishi lozim, deydi rasmiylar.

Shvetsiya hukumati ham shu pozitsiyada lekin Falastin mustaqil davlat sifatida shakllanmas ekan, Isroil bilan mojaroning keti ko'rinmaydi, deydi Bosh vazir Stefan Loften. Bu borada Stokgolm qachon rasman e'lon qiladi, noma'lum.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riad Malikiy Shvetsiyada yangrayotgan gaplarni olqishlab, butun Yevropa Ittifoqini shu yo'ldan borishga undamoqda.

Bugungacha dunyoning 100 dan ortiq davlati Falastinni tan olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG