Shveytsariyada immigratsiyani cheklash loyihasi ovozdan o'tmadi

  • Amerika Ovozi

Shveytsariyada immigratsiyani keskin cheklashga qaratilgan qonun loyihasi ovozdan o'tmadi.

Muhojirlar sonini aholining 0.2 foiziga teng qilib belgilash bo'yicha hujjatni, dastlabki hisoblarga ko'ra, saylovchilarning qariyb 75 foizi rad etgan.

Ovozdan o'tgan taqdirda Shveytsariya hukumati immigratsiya kvotasini yiliga hozirgi 80 mingdan 16 mingga kamaytirgan bo'lardi.

Ayrim qonunchilar tashabbusni iqtisodiyotga ziyon yetkazadi desa, boshqalar nazarida chet elliklar oqimi aholining tezlikda o'sishiga hamda o'rmonzorlar kamayib borishiga xizmat qilmoqda.

Bugungi referendumda markaziy bankda oltin zaxiralarini ko'paytirish va chet ellik investorlar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish ham xalq hujmiga havola etilgan. Har ikki taklif rad etildi.

Shveytsariya aholisi 8 million kishini tashkil etadi, shundan taxminan chorak qismi xorijliklar. Bu davlatda ishsizlik sur'ati past, turmush darajasi yuqori bo'lsa-da, aholi o'sishining ekologik oqibatlari ko'pchilikni tashvishlantiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG