Qo'shma Shtatlar Suriya prezidentining Amerikadagi puli va mulkini muzlatgan

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar Suriya prezidentining Amerikadagi puli va mulkini muzlatgan

Qo'shma Shtatlar Suriya prezidentining Amerikadagi puli va mulkini muzlatgan

Suriyada namoyishchilarga qarshi zulm va zo'ravonlikni qoralagan Qo'shma Shtatlar prezident Bashar al-Assad va yana olti yuqori lavozimli Suriya rasmiysiga sanksiya qo'llagan. AQSh Moliya vazirligiga ko'ra, ularning AQSh hududidagi barcha mulk va hisob raqamlari muzlatiladi. Xususan Amerika fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan ish qilish taqiqlanadi.

Suriya televideniyesiga ko'ra, prezident al-Assad bugun xorijiy rasmiylar bilan uchrashuvi chog'ida hukumatga qarshi chiqishlarni tinchlantirishda qator xatolarga yo'l qo'yilganini tan olgan. Davlat rahbari aybni asosan xavfsizlik kuchlariga qo'yib, ularni layoqatsizlikda ayblagan.

Bugun Suriya Vazirlar Kengashi majlis qilib, prezident va'da qilgan islohotlar xususida gaplashgan.

Suriyada faollar xalqni ish tashlashga chaqirganiga qaramay hukumat tazyiqlaridan qo'rqqan omma bugun namoyishga chiqmagan. Xavfsizlik kuchlari uyma-uy yurib, faollarni hibsga olishda davom etmoqda. Poytaxt Damashq, Nava va Talqalah shaharlarida o'q ovozlari eshitilgan.

O'tgan haftadan beri Talqalahda 27 kishi o'lgan. Faollar nazarida namoyishlar mart o'rtalarida boshlanganidan beri Suriyada 850 dan ziyod odam o'lgan, 7000 ga yaqini hibsga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG