Suriyada isyonchilar 23 askarni o’ldirdi, jang Livanga ko’chmoqda

  • Amerika Ovozi

Suriyadagi tanazzul qo’shni Livanda aks-sado bermoqda. Bugun Livanning Tripoli shahrida Assadga xayrixoh guruhlar oppozitsiyani yoqlagan kuchlar bilan o’q almashdi.

Suriyadagi tanazzul qo’shni Livanda aks-sado bermoqda. Bugun Livanning Tripoli shahrida Assadga xayrixoh guruhlar oppozitsiyani yoqlagan kuchlar bilan o’q almashdi.

Faollarning aytishicha, Suriyaning beqaror Hims shahri yaqinidagi janglarda isyonchilar 23 askarni o’ldirgan. Bir yil oldin hukumatga qarshi qo’zg’olon boshlanganidan beri eng qonli to’qnashuvlardan biri.

Armiyadan yuz o’girgan askarlar prezident Bashar al-Assadga xayrixoh kuchlar bilan bir kecha-kunduz shiddatli o’q almashib, qattiq zarba berganini bildirmoqda.

Muxolifat tarqatgan videoda puxta qurollangan isyonchi askarlarni ko’rish mumkin.

Rastan shahridan qo’zg’olonchi ofitser Ibrohim Ayub so’zlariga ko’ra, armiya shaharni bosib olishga harakat qilgan va qarshilikka uchragan.

U BMTning qurolsiz tinchlikparvarlarini shaharga taklif qilmoqda.

Hozir Suriyada BMTning 200 kuzatuvchisi ishlamoqda.

Biroq, deydi tashkilot rasmiylari, mojaroni tinchlikparvar kuchlar emas, hukumat va muxolifat o’rtasida muzokaralargina hal qilishi mumkin.

Lekin Londondagi tahlilchi Nadim Shehadi fikricha, dialogdan endi naf yo’q. Muzokara faqat Assad ma’muriyatiga qo’l keladi, deydi u.

“Chunki muloqot yordamida hukumat o’ziga vaqt yutadi va oppozitsiyani ezishda, kuchdan qoldirishda davom etadi. Suriya isyonchilari murosaga urinib ko’rdi va bugungi to’qnashuvlar ana o’sha foydasiz bordi-keldining mahsuli ekanini tushundi”, - deydi ekspert.

Surgundagi muxolifat safida ham bo’linish yuz berdi, deydi u.

Xorijdagi isyonchilar yetakchisi Burhon G'alyun Suriyadagi muxolifat vakili Xaytam Manah bilan ko’rishganida ham tomonlar til topisha olmagan.

G'alyunning aytishicha, oppozitsiya hozircha qurolli yordam olmayapti, biroq qator davlatlar shunday ko’mak taklif qila boshlagan.

Suriyadagi tanazzul qo’shni Livanda aks-sado bermoqda. Bugun Livanning Tripoli shahrida Assadga xayrixoh guruhlar oppozitsiyani yoqlagan kuchlar bilan o’q almashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG