Halab, Suriya tijoriy markazi, alanga ichida

  • Amerika Ovozi

Halab, 27-iyul, 2012

Halab, 27-iyul, 2012

Suriyaning tijoriy markaziy, shimoli-g’arbda joylashgan Halab (Aleppo) shahri bugun urush maydoni.

Hukumat qo’shinlari muxolifatni yanchib tashlashga bel bog’lagan. Tanklar, havo kuchlari safarbar etilgan.

Guvohlarning aytishicha, isyonchilar yashiringan tumanlar tinimsiz nishonda. Huquq faollari hisobicha bugun kamida 12 kishi o’lgan. 10 nafari askarlar.

Davlat matbuoti manzarani xalq dushmanlari olib borayotgan vahshiylik deya ta’riflamoqda.

Bashar al-Assad va uning ma’muriyatini quvvatlayotgan Rossiya nazarida chet el hozir vaziyatga aralasha olmaydi. Ahvol yanada og’irlashadi, yanada ko’p qon to’kiladi, deydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Halab yaqingacha tinch edi. Uch millionga yaqin aholiga ega bu shaharda bugun muxolif kuchlar katta ob’yektlarni egallab olgan.

2011-yilning mart oyida boshlangan qozg'olon bugun keng qamrovli qonli mojaroga aylangan. Shu kungacha 17 mingdan oshiq odamning yostig'i quridi.

G'arb davlatlari va Arab Ligasi Bashar al-Assadni hokimiyatni bo'shatishga chaqirmoqda. Lekin Assad ketmoqchi emas. Rossiya va Xitoy nazarida mojaroga tashqaridan hech kim aralashmasligi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG