Suriyada 900 dan ortiq odam qamoqdan chiqdi

  • Amerika Ovozi

Damashq

Damashq

Suriya hukumati 900 dan ziyod odamlarni qamoqdan ozod etgan. Sano davlat axborot agentligiga ko'ra, barchasi so'nggi oylardagi namoyishlarga aloqador, ammo biror jiddiy jinoyat sodir etmagan. Oy boshida ham 1700 dan ortiq kishi qo'yib yuborilgan edi, deydi agentlik.

Bu o'rtada Suriyadagi ahvolni kuzatayotgan inson huquqlari tashkilotining ma'lum qilishicha, Daraa viloyatidagi bir qishloqda xavfsizlik kuchlari reydlar o'tkazmoqda, armiyadan qochganlar bilan olishmoqda.

Suriyani fuqarolariga qarshi zulmda ayblayotgan Turkiya bu davlat rahbarlarining Turkiyadagi mulklarini muzlatishini aytmoqda. Shuningdek, Suriya Markaziy banki bilan aloqalar to'xtatilib, qurol embargosi joriy etiladi va strategik hamkorlik haqidagi bitim bekor qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG