Kofi Annan Suriyada, qon to'kishlarni qoraladi

  • Amerika Ovozi

Kofi Annan

Kofi Annan

BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Kofi Annan Damashqda. Izdan chiqayotgan tinchlik rejasini qutqarishga harakat qilmoqda. U dahshatli jinoyatlarni keskin tanqid qilib chiqdi.

Juma kuni Xula shahridagi hujumda 108 odam o'lgan. Hukumat va muxolifat bir-birini ayblamoqda. Annan vaziyatni o'rganish uchun mamlakatga borgan.

Bugun esa Hamodagi hujumda 34 kishining nobud bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan. Annan tomonlarni osoyishtalikka chaqirgan.

Bugun u Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim, ertaga esa prezident Bashar al-Assad bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kecha BMT Xavfsizlik Kengashi Xuladagi hujumlarni qoraladi.

Suriya hukumati, deyiladi bayonotda, shaharni zambarak va tanklardan nishonga olgan, ayrim joylarda fuqarolarni yaqindan otishgan, biroq aynan shu ishni kim qilgani hozircha noma'lum.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aybni har ikki tomonga qo'ymoqda. Uning aytishicha, Rossiya prezident Assadning tarafini olayotgani yo'q.

"Biz Kofi Annanning tinchlik rejasini qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi Lavrov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG