Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

  • Amerika Ovozi

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

22 davlat a’zo Arab Ligasi Suriyadagi ahvolni muhokama qilib, endi nima qilsak ekan degan savolga javob qidirmoqda. Bu safargi majlis Qatarda o’tmoqda.

Liga raisi Ahmad bin Hilliy Suriya hukumatini namoyishchilarning talablariga bosh egishga undamoqda.

Mart oyida boshlangan qo’zg’olonlarda shu kungacha 5000 dan ortiq odam halok bo’ldi. Aksariyati xavfsizlik kuchlari qo’lidan o’lgan.

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

Iroqdan borgan delegatsiya Damashqda prezident Bashar al-Assad bilan muzokarada. Maqsad – uning ma’muriyatini muxolifat bilan gaplashishga ko’ndirish. Iroq Suriyaga qarshi liga qo'ygan sanksiyalar samara bermaydi deb keladi. Shu bois tashabbusni qo’lga olib, muzokaralarga boshchilik qilmoqda.

Kecha Hims shahrida 200 mingdan oshiq odam ko’chaga chiqqan. Xavfsizlik kuchlari kamida 17 kishini otib o’ldirdi, deydi faollar.

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

Arab Ligasi: Suriyani nima qilamiz endi?

Bu ma’lumotni tekshirishning iloji yo’q, chunki Suriya hukumati biror jurnalistni hududga kiritmayapti.

BMT, Yevropa Ittifoqi va Amerika nazarida Bashar al-Assad, xalq talab qilayotganidek, hokimiyatdan ketishi va Suriyada tuzum o’zgarishi kerak.

Bashar al-Assad bunday qarordan yiroq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG