Breaking News

Arab Ligasi kuzatuvchilari Suriyada ishini to'xtatadi


Arab Ligasi kuzatuvchilari Suriyada ishini to'xtatadi
Arab Ligasi kuzatuvchilari Suriyada ishini to'xtatadi

22 davlat a'zo Arab Ligasi notinch Suriyadagi missiyasini tugatishga qaror qilgan. Kuzatuvchi guruh ishni to'xtatib, hozircha mamlakatda qoladi.

Missiya bir oy oldin vaziyatni nazorat qilish uchun yuborilgan edi. Uning vazifasi hukumat namoyishlarga nisbatan qanday chora ko'rayotgani haqida xolis va izchil hisobot berish edi.

Nabil al-Arabiy, Arab Ligasi bosh kotibi
Nabil al-Arabiy, Arab Ligasi bosh kotibi

Arab Ligasi Suriya barqarorligi yo'lida o'z taklifi bilan chiqqan. Unga ko'ra, Bashar al-Assad prezidentlikdan ketib, hokimiyatni o'rinbosariga topshirishi va muvaqqat boshqaruv saylovlarga tayyorlana boshlashi kerak.

O'tgan kunlar ichida Suriyada 70 dan ortiq odam halok bo'lgan. Kechaning o'zida, deydi huquq tashkilotlari, hukumat kuchlari 37 fuqaroni o'ldirgan.

Arab Ligasi nazarida bu hafta zo'ravonlik ayniqsa avj olib, Hims va Hama shaharlarida, shuningdek shimoliy Idlib viloyatida ko'p qon to'kilgan.

Himsdagi manzara
Himsdagi manzara

Tashkilot Bosh kotibi Nabil al-Arabiy seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga hisobot berishi kutilmoqda.

Arab Ligasi Suriyadagi vaziyatni o'nglash maqsadida yuqorida tilga olingan takliflarni qayd etib, rezolyutsiya loyihasini olg'a surmoqda.

Hujjat kelasi hafta muhokamaga va ovozga qo'yiladi. Rossiya va Xitoy qarshi ekanini bildirgan.

Arab Ligasi kuzatuvchilari
Arab Ligasi kuzatuvchilari

BMT hisobicha, 2011-yilning mart oyida boshlangan qo'zg'olonda shu kungacha 5400 dan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.

Lekin tashkilot bu haftadan binoan o'lganlar borasida ma'lumot to'plamayapti, chunki buning uchun imkon yo'q.

Suriya hukumati faktlarni yig'ishga yo'l qo'ymayapti, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG