Arab Ligasi BMTdan Suriyaga tinchlikparvar qo'shinlarni kiritishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

BMT maxsus vakili Kofi Annan Damashqda Suriya prezidenti Bashar al-Assad bilan uchrashmoqda

BMT maxsus vakili Kofi Annan Damashqda Suriya prezidenti Bashar al-Assad bilan uchrashmoqda

Suriya prezidenti Bashar al-Assad Xuladagi qatliom ortida hukumat turibdi, degan xabarlarni inkor etmoqda.

"Bu ishni hatto mahluqlar ham qilishga jur'at eta olmasdi", - deydi u.

Voqea o'tgan oy sodir bo'lgan. 100 dan ziyod odam o'lgan, jumladan 49 bola. Assad bu haqda endigina saylangan parlament oldida so'zlagan. Uning aytishicha, tashqi kuchlar Suriya tinchini buzmoqchi.

Kecha Arab Ligasi rahbarlari Doxada favqulodda majlis o'tkazgan. BMT maxsus vakili Kofi Annan ham unda qatnashgan. Annanning aytishicha, Suriyada fuqarolik urushi ehtimoli kundan-kunga kuchaymoqda, vaziyat izdan chiqib bormoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton kecha Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Suriya masalasida yaqindan ishlashga chaqirgan.

Arab Ligasi BMT Xavfsizlik Kengashidan Suriyadagi 300 ga yaqin kuzatuvchilari o'rniga tinchlikparvar qo'shinlarni safarbar etishni so'ramoqda. Muxolifat rahbari Burhon G'aliun esa arab davlatlarini qo'shin kiritishga chaqiryapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG