Arab Ligasi Suriyaga samolyot qatnovini to'xtatmoqchi, savdo-bank aloqalari cheklanadi

  • Amerika Ovozi

Arab Ligasi Suriyaga samolyot qatnovini to'xtatmoqchi, savdo-bank aloqalari cheklanadi

Arab Ligasi Suriyaga samolyot qatnovini to'xtatmoqchi, savdo-bank aloqalari cheklanadi

Suriya xalqaro kuzatuvchilarga eshigini ochgani yo’q va Arab Ligasi bundan g’azabda.

Bugun Qohirada yig’ilgan diplomatlar Suriyaga qarshi sanksiya qo’yish masalasini ko’rib chiqdi.

22 davlat a’zo Arab Ligasi qo’zg’olonlar davom etayotgan va hukumat qonli chora ko’rayotgan bu mamlakatga havo yo’nalishlarini yopmoqchi va Suriya bilan savdo va moliyaviy aloqalarni, ya’ni bank transaksiyalarini to’xtatmoqchi.

Damashq

Damashq

Kechaning o’zida Damashq ko’chalarida 27 fuqaro o’lgan. Ular orasida xavfsizlik xodimlari ham bor.

Prezident Bashar al-Assad xalq talabiga bosh egmoqchi emas. Shaharma shahar namoyishlar ketidan namoyishlar.

Qozg’olon mart oyida boshlangan edi. Shu kungacha 3500 dan ortiq odamning yostig’i quridi.

Xavfsizlik organlari qiynoqlarga zo’r berayotgani haqida xabarlar tinmaydi. BMT ma’lumotlariga ko’ra azoblanayotganlarning aksariyati yoshlar va bolalar.

Suriyadagi manzara:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG