Suriya: Armiya katta shaharlardan chiqa boshladi

  • Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti delegatsiyasi shu kecha-kunduz Suriyaga yetib borib, bir yildan beri tinmayotgan mojaroni tugatish uchun tinchlikparvar qo’shin jo’natish haqida gaplashadi.

Hukumat va namoyishchilar o’rtasida to’qnashuvlar domiga tortilgan mamlakatning faqat poytaxtiga qo’shin kiritilishi mumkin. BMT-Arab Ligasi vakili Kofi Annanning aytishicha, prezident Bashar al-Assad 10 aprelgacha o’z qo’shinlarini muxolifat manzillaridan olib chiqishga rozi bo’lgan.

Rasmiy Damashq esa askarlar bugun ayrim osuda shaharlardan askarlar keta boshlaganini bildirmoqda. Faollar va mustaqil manbalar bu ma’lumotni tasdiqlaganicha yo’q. Aksincha, Hims va uning tevaragida shiddatli olishuvlar davom etmoqda, deydi ular.

Kelasi hafta otishmani to’xtatish haqidagi kelishuv kuchga kirishi kerak bo’ladi. BMT hisobicha, o’tgan yili hukumatga qarshi qo’zg’olon boshlanganidan beri 9 mingdan ziyod odam o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG