Suriyaning Hims shahrida armiya odamlarni otgan

  • Amerika Ovozi

Suriyaning Hims shahrida armiya odamlarni otgan

Suriyaning Hims shahrida armiya odamlarni otgan

Suriyalik faollar va guvohlarning aytishicha, Hims shahrida armiya 13 kishini o’ldirgan.

Mana to’rt oydirki, Suriya beqaror. Qator shaharlarda aholi islohot va erkinlik so’rab hukumatga qarshi isyon qilmoqda.

Guvohlar so’zlariga ko’ra, Hims shahrini harbiy mashinalar g’ir-g’ir aylanib yuribdi. Ko’chaga chiqolmay qoldik, so’rab-surishtirmay uchraganni otishmoqda, deydi ular.

Ikki oy oldingi katta namoyishdan beri armiya Himsdan ko’zini uzmay keladi.

Sal oldin shaharda prezident Bashar al-Assad tarafdorlari isyonchilar bilan urushib, janjal mazhablararo adovatga aylanib, taxminan 30 odam halok bo’lgan edi.

Faollarning aytishicha, shanba kechqurun hukumat tarafdorlaridan uch nafarining chavoqlangan jasadi oilalariga qaytarilgach, g’azablangan fuqarolar sunniylar mahallalarini xonavayron qilgan.

Biroq bu xabarlarni xolis baholash qiyin, Suriya hukumati xorij muxbirlarini mamlakatga kiritmay qo’ygan.

Prezident Assad to’polonda ekstremist va terrorchi kuchlarni, G’arbni esa ig’vogarlikda ayblab, namoyishlarni ayovsiz bostirmoqda.

Suriya ma’murlari hisobicha, bahor boshidan buyon qurollangan islomiy jangarilar qo’lidan 500 politsiyachi va harbiy o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG