Assad Suriyada qochqinlar uchun xavfsizlik zonalari yaratilishiga qarshi

  • Amerika Ovozi

Suriya prezidenti Bashar al-Assad Aduniya TV xususiy stansiyasiga intervyu bermoqda, 29-avgust, 2012-yil.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad Aduniya TV xususiy stansiyasiga intervyu bermoqda, 29-avgust, 2012-yil.

Suriya prezidenti Bashar al-Assadning aytishicha, hukumat mintaqaviy va global urush bilan yuzlashmoqda, biroq davlatga qarshi kuchlar tez orada yengiladi.

Assad mahalliy xususiy televideniyega bergan intervyusida unga qarshi bosh ko’targanlarni islomiy terrorchilar deb atab, armiya va xavfsizlik kuchlarini mardonavor deya olqishlagan.

Assad, shuningdek, mojaro nuqtalarini tark etishga harakat qilayotgan aholi uchun Suriyaning o’zida bufer zonalari yaratish taklifini rad etgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto’g’lining aytishicha, qochqinlar mamlakatdan chiqmay, ana shunday hududlarda jon saqlashi mumkin bo’ladi.

Turkiya vaziri reja yuzasidan BMT rahbriyati bilan fikr almashganini ma’lum qildi. Unga ko’ra, xavfsizlik zonalaridagi qochqinlarni xorijiy kuchlar qo’riqlaydi. Ikki haftadan beri Turkiyaga kuniga besh ming atrofida suriyalik qochib o’tmoqda.

BMT hisobiga ko’ra, mojaro kuchaysa, Turkiyaga 200 minggacha odam o’tishi mumkin.

Bu o’rtada hukumat kuchlari va isyonchilar Halab va Idlib shaharlari o’rtasidagi Taftanaz aeroporti yonida o’q almashgan. Armiya 14 zobitni, muxolifat esa uch jangchisini yo’qotgan, deydi Londondan turib faoliyat yuritayotgan suriyalik inson huquqlari faollari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG