Assad keyingi saylovlarda ham qatnashishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Arxiv surat. Suriya Prezidenti Bashar Assad

Arxiv surat. Suriya Prezidenti Bashar Assad

Suriya Prezidenti Bashar Assadning aytishicha, mamlakatda terrorchilar tahdidi bartaraf etilishi bilan mojaroga siyosiy yechim topsa bo'ladi.

Bugun Assad Damashqda rossiyalik qonunchilar bilan uchrashgan. Ulardan biri Aleksandr Yushchenkoga ko'ra, Assad saylovda qatnashishi mumkinligini bildirgan, agar Suriya xalqi shuni istasa.

Assad o'tgan yili uchinchi bor yetti yillik muddatga saylangan.

AQSh va G'arb uning hokimiyatdan ketishiga chaqirib kelayotgan edi, biroq Rossiya bosimi va aralashuvi oqibatida uning siyosiy o'tish jarayonida olti oygacha hokimiyatda qolishiga kelishilgan.

Assad armiyasi "Islomiy davlat" jangarilari va muxolifatga qarshi jang qilmoqda. Rossiya unga havodan yordam beryapti.

Bu mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya muxolif "Ozod Suriya armiyasi"ga jangarilarga qarshi kurashda yordam berishga tayyor.

"Tashqi kuchlar Suriya xalqi taqdirini belgilay olmaydi", - dedi Lavrov.

Vazir AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qilib, Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotganini aytdi.

"Ozod Suriya armiyasi" bayonot chiqarib, Rossiyadan havo hujumlarini to'xtatishni talab qildi.

Kecha Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan telefonda gaplashib, siyosiy jarayonni jadallashtirishda unga mintaqadagi boshqa davlatlarni ham jalb etishga chaqirdi.

Shundan so'ng Kerri Saudiya qiroli Salmon bilan mo'tadil muxolif guruhlarga yordamni oshirishga kelishib oldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG